Aholini uzluksiz issiq suv va issiqlik quvvati bilan ta'minlaş böyiça 4 oktabr kuni prezident huzurida yiğiliş bölib ötgan edi. Biz şu mavzu yuzasidan suhbat ötkaziş maqsadida Uy-joy va kommunal xizmat körsatiş vazirligida böldik.

Vazir örinbosari Ğofur Jamolov bilan keçgan suhbatimiz issiqlik ta'minotidagi muammolar va bu sohada qilinayotgan işlar mavzusida böldi.

– Issiq suv va issiqlik quvvati bizdagi oğriqli masalalardan biri hisoblanadi. Özimiz ham poytaxtga kelganimizdagina issiq suv ta'minotini körganmiz. Butun respublika böylab qaçon issiq suv ta'minlanişi mumkin?

– Köp yillar davomida sohada faoliyat yurituvçi yagona muvofiqlaştiruvçi tizim bölmagan. Soha hududiy boşqaruvga berilgan. Taşkilotlarning öz ustida işlaşi, modernizatsiya böyiça bir «yöl boşlovçi» bölmagan. Öşa paytlarda joriy va kapital ta'mirlaş masalalari uçun tariflarda mablağlar közda tutilmaganligini ham misol qilişimiz mumkin.

Jami bölib, 39 mingta köp qavatli uy bölsa, ulardan 23800tasini ta'minlaşimiz şart. Aytilgan masalalar sababli hozirgi kunda 13900ta uyga issiqlik beryapmiz. Bu degani 10 mingga yaqin uylar issiqlik tarmoğidan uzilgan deganidir.

Issiqlik ta'minoti va issiqlik energiyasi böyiça kelgusidagi qadamlarimizni aniq belgilab oldik. Sohaga oxirgi marta investitsiya kiritilgani 1988 yilda bölgan. Eng yangi qozonxonamiz 1988 yilgi qozonxonadir.

Bizda mavjud 5 ming kilometr issiqlik tarmoqlaridan 75 foizi foydalaniş muddatini ötab bölgan. Xuddi şunday, 633ta markaziy va mahalliy qozonxonalarimiz bor. Ulardan ham 40 foizi muddatini ötab bölgan. Ular sobiq ittifoq davrida qurilgan bölib, energiyani köp sarf etadigan holdadir.

Mana, loyihalarni boşladik. Jahon banki bilan birgalikda 5ta yirik şaharni öziga qamrab olgan loyihalar boşlandi. Loyiha Andijon, Buxoro, Samarqand, Çirçiq va Toşkentning Sergeli tumani issiqlik ta'minotini modernizatsiya va rekonstruksiya qilişni közda tutadi.

Yuqorida aytganim 10 mingga yaqin issiqlik energiyasi berilmayotgan uylardan 1200tasini şu loyihada qilib beramiz.

Yana bir loyiha – Yevropa Tiklaniş va taraqqiyot banki bilan olib borilmoqda. Loyiha qiymati 150 million dollar bölib, u poytaxtning ikki issiqlik markazi va 200ga yaqin qozonxonani qamrab oladi.