Google kompaniyasi özining xabarida 2017 yildagi eng maşhur filmlar va seriallar nomini ma'lum qildi.

Filmlar reytingida birinçi örinni «U» xorrori egallab turibdi, ikkinçi poğonada - «Mö'jiza-ayol» fantastik kartinasi.

«U»
Foto: IMDB

Keyingi örinlardan Disney studiyasining «Sohibjamol va maxluq», Rosomaxa haqidagi «Logan» filmi va DC Comics superqahramonlari haqidagi «Adolat ligasi» kartinalari joy egalladi.

Teleşoular reytingida birinçi örinni «Juda ğalati işlar» qölga kiritdi.

«Taxtlar öyini»
Foto: IMDB

Kuçli beşlikdan «Nima ekaniga 13 sabab» seriali, «Katta aka» realiti-şousining brazilça versiyasi, «Taxtlar öyini» hamda «Temir muşt» seriallari joy oldi.