Avariyadan keyin aktyorni çetga çiqmaslik töğrisidagi tilxat bilan uyiga qöyib yuborişgandi. Yefremov 9 iyun kuni tergovga belgilangan vaqtda yetib kelmagani sabab uni uy qamoğiga olişga qaror qilişgan. Aktyor bunga qarşilik qilmadi.

Yefremov iştirokidagi avariya duşanba kuni keçasi sodir bölgan. Halokat Sadovaya aylanma yölining Rossiya taşqi işlar vazirligi röparasidagi qismida sodir bölgan. Aktyor Yefremov boşqaruvidagi Jip yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqib ketgan va furgonga borib urilgan. Furgon rulida bölgan 57 yoşli Sergey Zaxarov halok böldi.

U işdan qaytayotgan bölgan...

Yefremovning maşinasi kelib urilişi sabab vafot etgan 57 yoşli Sergey Zaxarov ryazanlik bölgan. U internet-dökonda işlagan. Avariya sodir bölganda u dengiz mahsulotlarini olib ketayotgan bölgan. U ikki haftalab smenada işlagan va özi kabi haydovçilar bilan ijarada yaşagan. Yaqinlarining aytişiça, Zaxarov Moskvani yoqtirmagan va qarigan vaqtida hayot yaqinlaridan uzoqda işlaşga majbur qilganini afsuslanib gapirgan. Yaqinlari marhumni kamgap va tartibli odam deb eslaşdi.

Vafot etgan odam Sergey Zaxarov ekani haqida u işlaydigan internet-dökon «Delikateska.ru»ning instagram sahifasida ma'lum qilingan: «Bizning haydovçimiz Sergey Zaxarov avtohalokatga uçrab bugun tongda kasalxonada halok böldi. Uning oila a'zolariga hamdardlik bildiramiz. U oilamizning bir qismi edi. Döstlar, özingiz va özgalarni ehtiyot qiling. Barçasining oldini oliş oddiy iş ekanini öylaş naqadar oğir...», deyilgan bayonotda. Zaxarov avariya sodir bölganidan 10 daqiqa avval oxirgi buyurtmani yetkazgan va işini tugatib qaytayotgan bölgan.

Yefremov va advokatlari nima deyişmoqda?

Mixail Yefremov
Foto: Tagan sudi matbuot xizmati

Yefremov avariyadan keyin bir neça marta kamera qarşisida paydo böldi va har safar uning şok holatda ekanini köriş mumkin. U bir neça marta sodir bölgan voqea haqida gapirilganda yiğlab ham yuborgan. Aktyorning advokati Vitaliy Çernişev mijozi marhumning oila a'zolariga yordam berişga tayyorligini aytgan. Ma'lum bölişiça, Yefremovning özi ham halokat vaqtida jarohatlangan. U boşi bilan qattiq urilgan va bu ham uning ruhiy jihatdan özini yomon his qilayotganiga sabab bölişi mumkin. Yefremov uyidan qarşiliksiz politsiya mahkamasiga olib ketilgan va söroqqa olib borilgan vaqtda uning qölga olingani haqida e'lon qilişgan. Huquqşonoslarning taxminiça, marhumning oila a'zolaridan keçirim sörab, ularga 5 million rubl (73 ming AQŞ dollari) ma'naviy zarar uçun tölaş orqali Yefremov jazosini yengillatişi mumkin.