Mirziyoyev: «Islom - nur ekanini odamlar tarbiyasiga singdira olmadik. Fojiamiz shunda»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz yaqinidagi Sulton Saodat maqbarasini ziyorat qildi. Prezident ushbu qadamjo ulkan ma'naviy meros, musulmonlar uchun tabarruk maskan ekanini qayd etib, uning tarixini mukammal o‘rganish, xalqimizga va chet elliklarga yetkazish zarurligini ta'kidladi.
«Qayerga borishimizdan qat'i nazar, Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy markazi, mana, Hadisshunoslik maktabini ochganimiz, buning tagida juda katta ilohiy kuch bor. Xuddi alifboga o‘xshab noldan boshlayapmiz.
Islom sivilizatsiya deganimiz - sivilizatsiyaga asoslangan nuqtai nazaridan, bu haqiqatdan buyuk yerligini asoslab berayotgan manbalarni baralla aytishimiz kerak. Arab tilini ham o‘qita olmadik. Hozir arab davlatlari zamonaviy tilga o‘tib ketgan. Ikkinchidan, tarjima qilish nuqtai nazaridan, juda katta qo‘lyozmalarimiz bor. Biroq, ularning tarjimasiga hali qo‘l urmaganmiz.
Yoshlarimizga, xalqimizga, ularning ongiga yetadigan tilda, zamonaviy tilda aytishimiz kerak. Musulmon davlatlarga borilsa, ularda katta-katta kutubxonalar, markazlari bor, havasing keladi. Ular 15-20 yilda ancha oldinlab ketdi.
«Sulton Saodat» majmuasi, sayyidlar sulolasi Payg‘ambarimizning beshinchi avlodiga tegishli. Ochiq aytsak, shu bilimimizni, shu boyligimizni, Islom - nur ekanini odamlar tarbiyasiga singdira olmadik. Fojiamiz mana shunda», - dedi davlat rahbari.
«Har yili o‘ntagina mo‘min-musulmonni tarbiya qilolsak, tasavvur qilinglar, muhit qanday o‘zgaradi. Vaqt-soati keldi, sakkiz yuzinchi yildan boshlab mana shu tarixni tiklab, odamlarimizga ana shu ilmiy asoslarni yetkazsak, bu ham ma'rifat bo‘ladi», - deb aytgan prezident.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainaning Harkiv shahrida soliqlar va yig‘imlar bekor qilindi
Jahon | 20:34
-
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?
Jahon | 20:14
-
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 19:53
-
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 19:49
Mavzuga oid

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

23:30 / 24.06.2025
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi

21:16 / 11.06.2025