Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchilar bilan uchrashuvda soʻnggi yillardagi islohotlar natijasi oʻquvchilarning yutuqlarida namoyon boʻlayotganini qayd etdi. PISA reytingida 15 yoshli oʻquvchilar tabiiy fanlar boʻyicha 32 pogʻona yuqorilab, 48-oʻrinni egallagan. Shu yilning oʻzida yoshlar nufuzli olimpiadalarda 228 ta medalga sazovor boʻlgan. Maktab davridayoq xorijiy til va fanlardan sertifikat olgan oʻquvchilar soni 100 ming nafarga yetgan.

Pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash ham oʻz samarasini bermoqda. Xalqaro va milliy sertifikatga ega oʻqituvchilar soni besh yilda 29 mingdan 143 mingga oshdi, maktablarda oʻqituvchi yetishmasligi uch barobar kamaydi. Bugun 40 ming muallim 1 ming dollardan, yana 1,5 ming nafari 2 ming dollardan yuqori maosh olmoqda. «Yil oʻqituvchisi» tanlovi bogʻcha tarbiyachilari va texnikum ustalarini ham qamrab olishi taklif etildi.

Kelgusi vazifalarga toʻxtalar ekan, prezident maktab bitiruvchisi katta hayotga kasb va xorijiy tilni egallab chiqishi zarurligini taʼkidladi. Maktab direktorlariga bu borada qoʻshimcha vakolatlar beriladi, hamkorlikka tayyor tadbirkorlar uchun sharoit yaratiladi. Yoshlarni maktabdanoq kasbga tayyorlash va taʼlim bosqichlari oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlash boʻyicha komissiya tuzilib, uch oy ichida yangi yechimlar eʼlon qilinadi.

photo_2026-09-30_16-44-45

Iqtisodiyotning texnologik rivoji uchun matematika, fizika, kimyo va biologiyani chuqur oʻqitishga alohida eʼtibor qaratiladi. Oʻquvchilar soni 25 nafardan oshgan sinflarda ushbu fanlar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladi. Milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarga 50 foiz ustama toʻlanadi, har yili 208 ta tuman va shahardagi yetakchi muallimlarga mukofot beriladi, ming nafar pedagog xorijda stajirovka oʻtaydi.

Kamida 15 yillik stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi. Xorijiy va milliy sertifikat olgan muallimlarning imtihon xarajatlari toʻliq qoplanadi.

Xorazmiy, Fargʻoniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev nomidagi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan pedagoglar toʻgʻridan toʻgʻri oliy toifa oladi. Prezident ushbu tashabbuslar qariyb 100 ming oʻqituvchiga munosib ragʻbat boʻlishiga ishonch bildirdi.

Oʻzbekistonda endi boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun ham fan olimpiadalari yoʻlga qoʻyiladi.

Unga koʻra, kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida gʻolib boʻlgan bolalar kompyuter oladi. Ularning