Prezident: Tuman hokimligi lavozimiga ham ayollarni izlayapman, lekin topolmayapman
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ayollarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish masalasiga to‘xtaldi.

«Ijro organlarida, vazirlik va idoralarda gender tenglikni ta'minlash, muhtarama opa-singillarimizga mas'ul lavozimlarni ishonib topshirish bo‘yicha ko‘p ish qilishimiz kerak.
Hokimlar yozib olinglar, quyi pog‘ona hokimlariga ham aytasizlar. Har yili hokim menga bir marta yopiq xat yozadi, shaxsan prezidentga. Bir yilda qaysi lavozimga ayollar tavsiya qilingani, qaysi lavozimga tayyorlangani to‘g‘risida. Yil yakuni bo‘yicha hammangiz hisobot berasizlar.
Men tuman hokimi lavozimiga ham ayollarni izlayaman, lekin topolmayapman.
Ularni ham sinab ko‘rish kerak, ularga ham imkoniyat berish kerak. Ularning ham rolini kuchaytirishimiz kerak. Sizlarga yoqadimi, yo‘qmi, menga yoqadi.
Nima uchun? Ayollarimiz muammolarni chuqurroq bilishi, fidoyiligi, kuchli mas'uliyat tuyg‘usi, mehnatsevarligi bilan barchaga o‘rnak bo‘la oladi deb takror-takror aytmoqchiman», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 15:43
-
Prezident Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini ko‘zdan kechirdi
O‘zbekiston | 15:41
-
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi
Iqtisodiyot | 15:20
-
Putin Volgograd aeroporti nomini "Stalingrad"ga o‘zgartirdi
Jahon | 15:16
Mavzuga oid

16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

13:00 / 30.04.2025
Senat O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlash haqidagi qonunni ma’qulladi

13:39 / 29.04.2025
O‘zbekistonda 2030 yilgacha havoga isciqxona gazlari chiqarilishini 35 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda

19:50 / 28.03.2025