Bugun, 10 oktyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi va UNICEF hamkorligida “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş töğrisida”gi qonun loyihasi taqdim etildi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.

Tadbir iştirokçilari zöravonlikning oldini oliş va ularga qarşi kuraşiş böyiça köp tarmoqli xizmatlarni işlab çiqiş va joriy etişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini qabul qiliş uçun “tezkor va qat’iy çoralar köriş”ga çaqirdi.

Hujjatning qabul qilinişi bolalarning huquqiy himoyasini kuçaytirişi va oilaga maslahat beriş, psixologik-ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, hayotiy könikmalarni örgatiş hamda xavfsiz uy-joy kabi qöllab-quvvatlaş tizimlarini takomillaştirişi kutilmoqda.

UNICEF tomonidan yaqinda ötkazilgan köp körsatkiçli sörov şuni körsatdiki, Özbekistonda 1 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalarning uçdan ikki qismi (62%) zöravonlik bilan tarbiyalaş usullariga (jismoniy jazo, psixologik tajovuz) uçragan, 15−19 yoşdagi qizlarning 33 foizi er öz xotinini urişga haqli deb hisoblaydi.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Özbekistonda 2023 yilning 9 oyida voyaga yetmaganlarga nisbatan 1240 ta zöravonlik holati qayd etilgan bölsa, şundan 417 tasi jinsiy zöravonlikdir, dedi prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva.

“Oilaviy zöravonlik holatlari köpayib borayotgani dahşatli. Tasavvur qiling, joriy yilning 9 oyida qarindoşlar, jumladan, yaqinlar tomonidan bolalarga nisbatan 166 ta zöravonlik holatlari qayd etilgan. Afsuski, hatto rasmiy statistika ham kölamni obektiv baholaşga imkon bermaydi. Haqiqiy holat bundan ham battar”, -deya Mirziyoyevaning sözlarini keltirmoqda Gazeta.uz.

“Zöravonlik qurboni bölgan bolalar odatda zöravonlikka duçor bölganliklari haqida xabar bermaydilar. Köpinça ular qörquv, uyat hissi yoki oilaga sadoqat hissi sabab sodir bölgan holat haqida indamaydi. Ayniqsa, zöravon bolaga eng yaqin odamlardan biri bölsa”, – dedi Şahnoza Mirziyoyeva.