Soat 19:30 holatiga, Özbekistonning quyidagi hududlarida elektr ta’minoti tiklangan:
1. Qoraqalpoğiston Respublikasi — elektr ta’minoti töliq tiklangan;
2. Andijon viloyati — Andijon şahri 35%, Xonobod 100%, mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;
3. Buxoro viloyati — Olot, Qoraköl, Qorovulbozor va Peşku tumanlarida töliq, Vobkent tumanida 20%, Romitan tumanida esa 40 % elektr ta’minoti tiklandi;
4. Jizzax viloyati — hozirça viloyatning 10–15 foizi elektr ta’minoti bilan ta’minlandi;
5. Qaşqadaryo viloyati — töliq elektr ta’minotidan uzilgan, tiklaş-sozlaş işlari olib borilmoqda;
6. Navoiy viloyati — Navoiy şahrida 60%, Karmana tumanida 55%, Navbahor tumanida 40%, Konimex tumanida 35% va Nurota tumanida 70% iste’molçilarda elektr ta’minoti tiklandi;
7. Namangan viloyati — hozirça qisman tibbiyot muassasalari hamda suv ta’minoti korxonalari elektr ta’minotiga ulangan;
8. Samarqand viloyati — Samarqand şahrida 45%, Samarqand tumani 15%, Paxtaçi tumanida 100%, Kattaqörğon tumani va Kattaqörğon şahri 8%, Narpay va Past Darğom tumani 30% elektr ta’minoti mavjud;
9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov şahri 100% elektr ta’minoti mavjud. Oltinsoyda 70% iste’molçilar tarmoqqa ulandi;
10. Sirdaryo viloyati — Guliston şahri 60%, Yangiyer 60%, Şirin şahri 100%, Boyovut 30%, Sayxunobod tumani 20%, Guliston tumani 20%, Mirzaobod tumani 10%, Xovos tumani 50% elektr tarmoğiga ulandi;
11. Toşkent viloyati — Olmaliq şahar 70%, Angren şahar 50%, Çirçiq 70%, Ohangaron şahar 100 %, Böka tumani 40 %, Böstonliq 90%, Qibray 70%, Ohangaron tumani 80%, Parkent 100%, Toşkent tumani 60%, Yuqori Çirçiq tumani 60% iste’molçilar tarmoqqa ulandi;













