Özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylaştiriş böyiça bir martalik aksiya tugallandi. Biroq turli sabablarga köra taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalanişga ulgurmay qolganlar ham bor. Norma vakolatli organlarning ruxsatnomasisiz qurilgan imoratga mulk huquqini hozirgi kunda qanday oliş mumkinligini körib çiqdi.

Özboşimçalik bilan qurilgan imorat va uning oqibatlari haqida nimalarni yodda tutiş kerak?
 
Turar joy, boşqa qurilma, inşoot yoki boşqa köçmas mulk (FKning 212-moddasi) quyidagi tarzda qurilgan bölsa, özboşimçalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi:

• qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uşbu maqsadlar uçun ajratilmagan yer uçastkalarida;
• bunga kerakli ruxsatnomalarni olmasdan yoki arxitektura hamda quriliş normalari va qoidalarini sezilarli darajada buzgan holda qurilgan imorat.
 
Özboşimçalik bilan imorat qurganlik uçun jazo tayinlanadi. Obektni röyxatdan ötkazmasdan va ruxsatnomasiz qurganlik, quriliş normalari va qoidalarini, işlarni bajariş va topşirişda texnik şartlarni, obektni işga tuşiriş qoidalarini buzganlik uçun jarimalar solinadi (MJTKning 99-moddasi). Qonun hujjatlarida yerni özboşimçalik bilan egallab olganlik uçun ham javobgarlik nazarda tutilgan.
 
Yer va mol-mulk soliğini hisoblaşda qöllaniladigan ma'lumotlar notöğri bölişi mumkinligi sababli soliq organlari tomonidan e'tiroz bildirilişi ehtimoldan xoli emas. Qöşnilar e'tiroz bildirişi, hudud özboşimçalik bilan egallab olinganda esa hokimiyatlar, noqonuniy qurilgan imorat huquq va manfaatlarini buzayotgan boşqa şaxslar e'tiroz bildirişi mumkin. Oxir-oqibatda sud muhokamalari ötkazilişi va sud tomonidan imoratni buziş töğrisida qaror çiqarilişi mumkin.
 
Noqonuniy qurilişni sotiş, hadya qiliş, ijaraga beriş yoki boşqa bitimlarni amalga oşiriş mumkin emas.
 
Toşkent şahar yer resurslari va köçmas mulk davlat kadastri boşqarmasida ta'kidlanişiça, amaldagi ruxsatnoma oliş tartib-taomillari quriliş xavfsizligini ta'minlaş va qonunga rioya etişga yönaltirilgan. Qurilişga tayyorgarlik körişda uning arxitektura körinişi qanday bölişi, quriliş materiallarini xarid qilişni emas, balki qurilişning huquqiy jihatlari töğrisida öylab köriş muhimdir. Bunda Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga amal qiliş lozim.