Respublika Adliya vazirligida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Mamlakatimiz hayotidagi muhim ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlarning yagona rejasiga muvofiq tashkil etilgan konferensiya “O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining jamiyat hayotidagi o‘rni va rivojlanish istiqbollari” mavzuiga bag‘ishlandi.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari va yurtimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat , shu jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlardan 40 dan ziyod vakillar ishtirok etdilar.

Anjumanda ta'kidlanganidek, O‘zbekiston xuquqiy davlat,ochiq fuqarolik jamiyati barpo etmoqda. Bunda fuqarolarning uyushmalarga birlashish, davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etish kabi konstitutsiyaviy huquqlari ta'minlangan. Ushbu xuquqni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarining turli shakllari-jamoat fondlari,jamoat tashkilotlari,siyosiy partiyalar,kasaba uyushmalari ,xayriya tashkilotlari kabilarni tuzish imkoniyatini beradigan qonunchilik bazasi barpo etilgan.
O‘tgan davr mobaynida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy maqomi, roli va ahamiyatini kuchaytirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, ularning soni yildan-yilga oshib bormoqda.
NTT larning taraqqiy etishida 2007 yilda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati erkinligining kafolatlari“ to‘g‘risidagi qonun muxim axamiyat kasb etdi.

Shu bilan birga bu sohaning institutsional bazasi ham shakllantirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi, Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Respublika baynalmilal madaniyat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tashkil topdi.
Shu o‘rinda anjuman ishtirokchilarining e'tibori Davlatimiz rahbari tomonidan 2010 yil12 noyabrda Oliy majlis palatalariningqo‘shma yig‘ilishida ilgari surilgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyil asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil tadbirlarga qaratildi.
















