Professional boksning ikkinçi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili özbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (8ta ğalaba, 6ta nokaut) 31 yanvarga ötar keçasi AQŞda ikki yönaliş çempioni bölib turgan amerikalik Daniel Romanga (27-2-1, 10 KO) qarşi çempionlik jangi ötkazdi.

Mayamida bölib ötgan boks oqşomida Murodjon Ahmadaliyev çempion Daniel Romanga (27-3-1, 10 KO) qarşi ringga çiqib, 12 raundlik jang natijalariga köra, hakamlar tomonidan jang ğolibi deb topildi.

Şu tariqa Murodjon Ahmadaliyev Özbekiston tarixida ilk marta bir yöla ikkita çempionlik kamarini qölga kiritdi. Professional faoliyatidagi 8ta jangida 8ta ğalabaga erişgan Ahmadaliyev tarixiy rekordni takrorladi. Bungaça faqat Leon Spinks 8ta jangdayoq çempionlik kamariga ega çiqqan edi.