Tahririyatimizga Toşkent şahar Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat huquq inspektori S.Q.Quvvatov tomonidan Toşkent şahridagi taşkilotlardan birining rahbariga nisbatan çiqarilgan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi qaror kelib tuşdi.

Diqqatimizni tortgan narsa mazkur qaror qabul qilinişining qonuniyligi emas, balki uni yozişda yöl qöyilgan xatolar (grammatik, stilistik, orfografik, qonunçilik texnikasi va hokazo) böldi.

Sinçiklab tekşirib çiqilganda A4 formatdagi bir betlik qarorning özida oz emas, köp emas naq 113ta xato mavjudligi aniqlandi.

Foto: Kun.uz

Bundan taşqari, Davlat mehnat huquq inspektori öz qarorida amaldagi qonun hujjatlari normalariga havola keltirişda jiddiy kamçiliklarga yöl qöygan.

Jumladan, Davlat mehnat huquq inspektori faoliyatini tartibga soluvçi asosiy hujjatlardan biri: «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 fevraldagi «Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat, aholini iş bilan ta'minlaş va mehnatni muhofaza qilişga doir qonun hujjatlariga rioya etilişini nazorat qiliş faoliyatini takomillaştiriş yuzasidan taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida»gi 29-sonli qarori» S.Q.Quvvatov tomonidan quyidagiça talqin etilgan:

«Özb Resp Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliging Davlat mehnat huquq inspeksiyasi töğrisidagi 2010 yil 19 fevraldagi 29-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomi» ... (Izohga hojat yöq).

Xuddi şunga öxşaş holatni Samarqand viloyat Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat huquq inspektori M.Norboyev tomonidan viloyatdagi taşkilotlardan biriga nisbatan rasmiylaştirilgan qarorda ham uçratiş mumkin.

Foto: Kun.uz

E'tibor bergan bölsangiz, hujjatda «Samarqand viloyat Bandlik boş boşqarmasi»ning nomi buzilgan holda ifodalanib, «Samarqand viloyat Bandlik va mehnat munosabatlari Boş boşqarmasi» deb yozilgan. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 iyuldagi 482-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi töğrisida»gi Nizomda taşkilotning viloyatlar va Toşkent şahar boş boşqarmasi nomlarida «va mehnat munosabatlari» sözlari mavjud emas.