Toşkent şahridagi Inha universiteti talabalaridan iborat jamoa özbekça klaviatura mobil ilovasi – “Tahrirchi”ni yaratişdi. Mobil ilova AKT vazirligi va Birlaşgan Arab Amirliklari hamkorligida talabalar orasida ötkazilgan “mGovAward” respublika tanlovida ğolib böldi.

Tanlov jamğarmasi 100 ming dollar bölib, birinçi örin sohiblariga 50 ming dollar nasib qildi.

Muhammadsaid Mamasaidov, “Tahrirchi” loyihasining asosçisi, Inha universiteti 4-bosqiç talabasi:

— Bundan bir yilça oldin, “Tahrirchi” loyihasini boşlagandim. Loyiha avvalambor özbek tilining morfologiyasi va grammatikasi böyiça edi, keyinçalik biz uni imlo tekşiruvçisiga aylantirdik.

Bir kun qiziqib qolganman: nega özbek tili uçun imlo tekşiruvçi qiliş qiyin? Umuman, turkiy tillar uçun imlo tekşiruvçi qiliş ança qiyin, lekin ingliz yoki rus tili uçun bu narsa ança oson. Şuning uçun şu soha böyiça izlaniş va özbek tiliga öxşaş fin va turk tillarining tadqiqotlarini körib çiqib, özbek tiliga moslaşga qaror qildim.

Özbek tili lingvistik jihatdan agglyutinativ til va undagi sözlar qöşimçalar hisobiga uzayib, köplab şakllarga kiradi. Bu esa kompyuter uçun qiyinçilik tuğdiradi. Misol uçun, ingliz tilida bitta otning ikkita şakli bor – birlik va köplik. Özbek tilida esa bitta otning 3000tagaça şakli bölişi mumkin. Bu juda katta son böladi, buni qanaqadir yöl bilan samarali tarzda kompyuterga joylaş kerak.

Hozir bizning modelda 150-160 ta affiks bor, agar siz şu affikslarni örganmasdan turib 160-170 ta kombinatsiya yasaydigan bölsangiz, bu juda katta hajm böladi. Biz har bir affiksning tildagi rolini örganişga harakat qilganmiz.

Klaviaturadan foydalanganingizda u sizga sözlarni oxirigaça – qöşimçagaça tugallab, xato qilsangiz xatoni töğrilab berişi ham mumkin. Ilova Android tizimi uçun yaratilgan va kotlin degan dasturlaş tilida yozilgan. Keyinçalik buning özbek tili modeli esa bir neçta tillarda yozilgan – tilşunoslikka oid tillar va C++. Oxirida ikkita til bir-biri bilan boğlanişi kerak bölgan.

Jasur Yusupov, Inha universitetining 4-bosqiç talabasi, “Tahrirchi” jamoasida xatoliklar modeli ustida işlamoqda: