Samarqandda Özbekiston iqtisodiy forumi davom etmoqda. Forumning makroiqtisodiy barqarorlikka bağişlangan sessiyasida söz olgan Xalqaro valuta jamğarmasi missiyasi rahbari Ron van Ruden Özbekiston iqtisodiyotida davlat roli yuqoriligi, xususiy biznes kengayişidagi qiyinçiliklar va işçi kuçi eksporti haqida gapirdi.
“Özbekiston aholisi tez sur’atda ösib bormoqda, bu işçi kuçining ösişi degani. Agar siz ösib borayotgan işçi kuçi uçun iş örni yarata olmasangiz, bu mamlakat iqtisodiga qiyinçilik tuğdiradi. Natija şundayki, mamlakat aholisi xorijga borib mehnat kuçini sotişiga töğri kelmoqda. Özbekiston paxta eksportini töxtatgan bölsa ham, işçi kuçini eksport qiluvçi davlat bölib qolmoqda. Buning örniga mahsulot va iş örinlarini taklif eta oladigan mamlakatga aylanişi lozim. Buning uçun mintaqaviy integratsiyaga intiliş kerak”, – dedi u.
XVJ vakili ösib borayotgan işçi kuçi muammosini yeçiş uçun xususiy sektorga murojaat qiliş kerakligini aytdi. Şu örinda, u Özbekistonda örta va kiçik biznes uçun muhit yaxşi emasligiga işora qildi.
“Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va biz ham mamlakatda kiçik va örta biznesni boşlaş osonligi, ammo uni yuritiş, kengaytiriş qiyinligiga köproq e’tibor beramiz. Bu byurokratiya va turli boşqa tösiqlar hamda işçi kuçi bilan boğliq. Xususiy sektor uçun imkoniyatlarni yaxşilaş işçi kuçi muammosini ham hal qiladi”, – dedi Ron van Ruden.
Xalqaro ekspert Özbekiston iqtisodiyotida hamon davlat uluşining yuqoriligi haqida ham gapirdi.
“Özbekiston öziga yaraşa fiskal buferga ega, hukumat haqiqatan ham fiskal umumlaştirişni davom ettirmoqçi. Xususiy sektor ösişiga oid maqsadlar borligini köryapmiz, bunga erişiş uçun davlat rolini kamaytiriş kerak. Nafaqat davlatning özi, balki davlat korxonalari iqtisodiyotda katta rol öynayapti. Qöçqorov xususiylaştiriş haqida aytdi. Bu şaroitda oson emas: barça noaniqliklarni hisobga olib investitsiyalarni kiritiş borasida xavotirlar jiddiy”, – dedi u.
Van Ruden uruş tufayli savdo va pul ötkazmalariga ta’sir salbiy bölişini kutganini, ammo pul oqimining oşib borişi kuzatilganini aytdi.
“Uşbu vaziyat nafaqat importni moliyalaştiriş, balki işlab çiqariş va iste’mol uçun yönaltiriş imkoniyatini beradi”, – ta’kidladi XVJ missiyasi rahbari.








