Davlat organlarida chet tili darslari yo‘lga qo‘yiladi. Til bilgan xodimlarga ustama to‘lanadi
Keyingi yildan boshlab, davlat organlariga ishga qabul qilish va yuqori lavozimga tayinlash uchun xorijiy tilni bilish talab qilinadi.

Korporativ ta’lim / Illyustratsiya
O‘zbekistonda chet tillarini o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, davlat xizmatchilarining xorijiy tillarni o‘zlashtirishi darajasini oshirish maqsadida:
- 2021 yil 1 iyuldan boshlab, davlat organlarida ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilarini shartnoma asosida jalb qilib, haftada kamida bir marta xodimlarni xorijiy tilga o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
- 2022 yil 1 yanvardan boshlab, xorijiy tillardan milliy
va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanadi (tashkilotlarning budjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida budjet mablag‘lari hisobidan). - 2022 yildan boshlab, davlat organlariga ishga qabul qilish
va yuqori lavozimga tayinlash uchun xorijiy tilni bilish talabgorga qo‘yiladigan majburiy malakaviy ko‘nikma sifatida belgilanadi. - Davlat organlarining rahbarlari o‘rinbosarlaridan biriga xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, shu jumladan Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi bilan hamkorlik qilish vazifalari yuklatiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat organlarida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishi lozim.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

22:15 / 12.03.2025
Malibu'dan Tahoe'gacha – amaldorlarning “inomarka”lari qanday avtomobilga almashdi?

16:34 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda

12:21 / 05.03.2025
Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti keldi - prezident

11:45 / 20.02.2025