Endilikda çet elda işlayotgan Özbekiston fuqarolari respublikaga kelgan kunidan boşlab uç yil mobaynida Pensiya jamğarmasiga tölovlarni amalga oşiriş orqali iş stajiga ega bölişlari mumkin.
Pensiya jamğarmasi matbuot xizmati xabariga köra, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 oktyabrdagi 889-son qarori bilan, “Çet elda işlayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari hamda iş vaqtini hisobga olib bölmaydigan şaxslarning ayrim toifalari tomonidan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga yagona ijtimoiy tölovlari tölaş tartibini, şuningdek ularning pensiyani hisoblaş uçun olinadigan iş stajini va iş haqi miqdorini hisobga oliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi 2016 yil 22 fevraldagi 46-son Qaroriga muvofiq tasdiqlangan Nizomining 9-bandiga özgartiriş kiritildi.
Uşbu özgarişga asosan, çet elda işlayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari Respublikaga kelgan kunidan boşlab uç yil mobaynida Pensiya jamğarmasiga tölovlar (yagona ijtimoiy tölov)ni amalga oşiriş orqali iş stajiga ega bölişlari mumkin (avvalgi tartib böyiça uşbu muddat uç oyni taşkil etar edi).
Ya'ni, çet elda işlagan fuqaro çet elda böliş davri mehnat daftarçasidagi yozuvlar, pasportdagi Özbekiston Respublikasi Davlat çegarasini kesib ötganligi töğrisidagi yozuvlar (muhrlar, ştamplar yoki belgilar) hamda Özbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining körsatib ötilgan şaxsning boşqa davlatda bölgan vaqti va konsullik hisobiga qöyilganligi ma'lumoti körsatilgan tegişli hujjatlar asosida tasdiqlanadi va bir yillik davri uçun hisoblaş bazaviy miqdorining 4,5 barobari (223000 x 4,5 = 1 003 500 söm) miqdorida yagona ijtimoiy tölov amalga oşiriş orqali bir yillik iş stajiga ega bölişlari mumkin.
Qayd etilişiça, uşbu iş stajlari kelgusida pensiya hisoblaşda inobatga olinadi.








