Bugun, 11 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida bölib ötgan Xalqaro press-klub sessiyasida Özbekistonda sönggi 3 yil davomida sud huquq sohasidagi özgarişlar muhokama qilindi.

Unda iştirok etgan Özbekiston ekologik partiyasi vakili Uluğbek Pirmuhammedov Toşkentga kelayotgan viloyatliklarni qayd etişning yangi tartibini joriy etişni taklif qildi.

«Fikrimizça, fuqaro Toşkentga kelişidan oldin özining hududidagi inspektordan röyxatdan ötişi maqsadga muvofiq. Şunday tizim joriy etilsa, Toşkentda muammolarga uçraşining oldi olinadi», dedi partiya faoli.

Uning bu taklifi ijtimoiy tarmoqda rezonans keltirib çiqardi va tanqidiy munosabatlar bildirildi.

Uluğbek Pirmuhammedov Kun.uz muxbiriga öz sözlari yuzasidan izoh berdi. U propiska tizimiga qarşiligi va bunday taklif berişdan maqsadi viloyatdan keluvçilarga qulaylik bölişini istaşi ekanini qayd etib ötgan.

Assalomu alaykum, jonkuyar jurnalist va blogerlar! Bir narsaga e'tibor berşingizni taklif qilardim. Bildirilayotgan taklif qaysi mavzu muammosiga oidligidan kelib çiqib munosabat bildirsangiz.