Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rosselxoznadzor»: Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan barcha o‘simlik mahsuloti importiga taqiq qo‘yiladi
Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati Farg‘ona viloyatidan import qilingan 1 tonna quritilgan o‘rikda kaper qo‘ng‘izi topilgani vaji bilan taqiq joriy etilishini ma'lum qildi.
Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmatining («Rosselxoznadzor») rasmiy veb-saytida O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan barcha o‘simlik mahsuloti importiga taqiq qo‘yilishi haqida ma'lumot berildi.
«Rosselxoznadzor» ta'kidlashicha, O‘zbekiston tomoni bilan o‘tkazilgan muzokaradan so‘ng, ushbu qaror qabul qilingan.
«1 tonna import qilingan quritilgan o‘rik mahsulotining 1 kgda 2 ta lichinka shaklidagi kaper qo‘ng‘izi topilgan. Ushbu zararkunanda Rossiyada yetishtiriladigan o‘simlik mahsulotlari hosiliga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, mamlakat eksport salohiyatiga salbiy ta'sir qiladi. Shu sababli, «Rosselxoznadzor» Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan barcha karantinli mahsulotlar importiga taqiq joriy etadi», — deyiladi xabarda.
Kun.uz manbasining ta'kidlashicha, kaper qo‘ng‘izi shu paytgacha O‘zbekiston hududida aniqlanmagandi.
Avvalroq, «Rosselxoznadzor» rasmiy veb-saytida O‘zbekistondan Rossiyaga qalampir va pomidor mahsulotlarining kirib kelishi uchun vaqtinchalik taqiq qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Qayd etish lozimki, «Tomato brown rugose fruit virus», ya'ni pomidorning jigarrang burishish virusi ham shu paytgacha O‘zbekiston hududida aniqlanmagan.
Mavzuga oid
11:00 / 09.06.2026
Farg‘onada Soliq Mobile orqali 3,2 mlrd so‘mlik keshbek talon-toroj qilindi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026