Avvalroq, Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya böyiça federal xizmatining («Rosselxoznadzor») rasmiy veb-saytida Özbekistondan Rossiyaga qalampir va pomidor mahsulotlarining kirib kelişi uçun vaqtinçalik taqiq qöyilgani töğrisida xabar berilgandi.

Ma'lumot uçun, uşbu taqiq faqatgina Farğona viloyatidan eksport qilinuvçi mahsulotlarga taalluqli ekani qayd etilgan.

«Özdavkarantin» vakilining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, birlamçi örganişlar davomida Farğona viloyatidan yuborilgan bulğor qalampir (4 kg.) va pomidor (6 kg.) mahsulotlarining namunalarida «Rosselxoznadzor» laboratoriya tahlillariga köra, «Tomato brown rugose fruit virus» virusi aniqlangan.

«Mazkur xabardan söng Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbariyati tomonidan «Rosselxoznadzor» rahbariyati bilan tezkor ravişda onlayn muzokaralar ötkazildi. Muzokaralar natijasida, mazkur taqiqni qisqa muddatlarda yeçiş maqsadida mahsulotlar yetiştirilgan hududdagi barça issiqxona va ekin maydonlarida ösimliklar karantini nazorati ötkazilişi va mazkur kasallikni hamkorlikda örganişga kelişildi», — deya ma'lumot berdi Durdona Oçilova.

Qayd etiş lozimki, «Tomato brown rugose fruit virus», ya'ni pomidorning jigarrang burişiş virusi şu paytgaça Özbekiston hududida aniqlanmagan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi vakillaridan maxsus Işçi guruh tuzilib, şu kunning özida Farğona viloyatiga yuborildi.

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligining ma'lum qilişiça, pomidor mevalarining jigarrang burişişi viruslari, pomidorda doğ paydo bölişi va pepino mozaikasi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengaşi qarori bilan tasdiqlangan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi karantin obektlarining yagona röyxatida mavjud emas.

«Rosselxoznadzor» Rossiyada issiqxonada sabzavot yetiştiriş uçun uşbu viruslar zararli ekanini hisobga olib, 2020 yil 27 iyuldan boşlab vaqtinça karantin fitosanitariya çorasi sifatida eksport qiluvçi mamlakatlardan Rossiyaga keluvçi pomidor va qalampir uruğlari, köçatlari va mevalarida uning mavjud bölmasligi talabini kiritgan.