Kanada boş vaziri Jastin Tryudo Ukrainaga bordi. Tryudo Ukrainaga borişni rejalaştirayotgani haqida gapirmagandi. U oldinroq Jo Bayden bilan Ukraina masalasini muhokama qilgan.

Tryudo Kiyev yaqinidagi Irpen şahriga borgan. Uning taşrifi haqida ham avvalo Irpen meri Oleksandr Markuşin xabar berdi. Merning aytişiça, Tryudo uruş dahşatini öz közi bilan köriş uçun Ukrainaga borganini aytgan. Kanada yetakçisi körganlaridan hayratga tuşgan. Markuşin Kanadadagi ukrain diasporalari Irpenni qayta tiklaşda iştirok etişiga umid bildirgan. Kun yakunida Tryudo Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşgan.

Tryudoning Ukrainaga borişi rejalari haqida aytilmagan edi. Taşrif tafsilotlari haqida Kanada boş vaziri rasmiy saytida hozirça xabar berilmagan, suratlar ham yöq. Şunçaki Tryudo Ukrainada bölgani ikki satrda aytib ötilgan. Katta ehtimol bilan Tryudo «Katta yettilik» davlatlari onlayn yiğilişida ham Kiyevda turib iştirok etgan.
Kanada boş vaziri Ukrainaga borişidan oldinroq AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan telefon suhbatini ötkazgan va Ukrainadagi holatni muhokama qilgan edi.
8 may kuni AQŞ prezidenti Jo Baydenning rafiqasi Jill Bayden ham Ukrainaga bordi.

AQŞ birinçi xonimi Ujgorodda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning xotini Yelena Zelenskaya bilan uçraşgan. Bu taşrif haqida ham anons berilmagan edi. 7 may kuni Jill Bayden Ruminiya hamda Slovakiyada ukrainalik qoçoqlar bilan uçraşgandi.








