Katta brendlar uçi körinmaydigan katta toğ bölib körinadi közimizga. Ammo bu – imperiyaga aylanib ketgan kompaniyalar köpinça bir kiçik bolaning orzusidan boşlangan böladi. Şundan bola orzusi neçoğlik kuçli narsa ekanini biliş mumkin. Bola orzusi – milliy manfaatlarga xizmat qilişi va hatto insoniyat taraqqiyotini ta’minlaşi mumkin.
Toyota tarixi ham bir bolaning orzusidan boşlangan. Sakiçi Toyoda 1867 yilda duradgor oilasida tuğilgan. U bolaligidan ixtiroçi bölişni orzu qilardi. Ammo u oilada katta farzand edi va an’ana böyiça ota kasbni davom ettirişi kerak edi. Şu bilan birga, bu paytga kelib mamlakatda katta özgarişlar röy berayotgandi va an’analardan çekiniş boşlangandi. Natijada Sakiçi öz orzusini amalga oşirişiga imkon tuğiladi. U töquv dastgohlari yasaş bilan maşğul böladi va qolgan umrini şunga bağişlaydi.
1894 yilda uning öğli – Kiiçiro dunyoga keladi. 20 yil ötib u otasiga avtomatik töquv dastgohini yaratişga yordam beradi. 1930 yilda Sakiçi vafot etadi. Rivoyatga köra, Sakiçining bolalik orzusi – avtomobil yaratiş bölgan va vafotidan oldin şu iş bilan maşğul bölişni öğli Kiiçiroga vasiyat qilgan.
Şunday bölganmi yoki yöq – noma’lum. Ammo fakt şuki, ota-bola Toyodalar yaratgan avtomatik töquv dastgohiga olingan patent Platt brothers & co nomli ingliz kompaniyasiga 100 ming funt sterlingga sotiladi va bu pullarni Kiiçiro birinçi avtomobilini yaratiş uçun sarflaydi.
Va birinçi avtomobil yaratildi – «Model A 1». Va birinçi yuk taşuvçi avtomobil ham – «Model G1».
«Model A 1» 1936 yilda konveyerga qöyildi. Öşa yildayoq eksport qilina boşlandi. 1937 yilda avtomobil işlab çiqariş departamenti asosiy kompaniyadan ajralib çiqdi, u Toyota Motor Co deb nomlandi.
Orqaroqqa qaytamiz. Toyota öz avtomobilini noldan işlab çiqarmadi – kompaniya tarixi Amerika maşinalaridan nusxa köçirişdan boşlangan. Ammo bu ham oson keçmagan – muhandislar u yoki bu vazifani uzoq vaqt bajara olmay yurişar edi. 1936 yilda Toyota A avtomobili yuzaga keldi. U Amerikada işlab çiqarilgan Chrysler Airflow avtomaşinasining köçirmasi edi. Quyma kuzov, örta tösiqsiz peşoyna, diskalar, spitsasiz ğildirak – hammasi sifatli qilib çiqarilgandi. Ammo avtomobil qimmatga tuşgani bois atigi 1404 dona sotilgan.
Avvalboşdan Toyodalar kompaniyasi innovatsion yondaşuvlarni qöllaydi. Hali töquv dastgohlari işlab çiqarilgan paytdayoq bir xodimning işida muammo paydo bölsa, butun işlab çiqariş töxtatilar edi. Şu tarzda sifatsiz mahsulot işlab çiqariş ehtimoli pasaytirilardi. Bu tajriba avtomaşina işlab çiqarişda ham samarali qöllanadi.











