Professional boksda faoliyat olib borayotgan özbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev 31 yanvarga ötar keçasi AQŞda ikki yönaliş çempioni – amerikalik Daniel Romanni mağlub etib, qöşaloq çempionlik kamarlariga ega çiqqan edi.
1 fevral kuni uni «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlaş töğrisida prezident farmoni va şaxsan davlat rahbarining tabrigi e'lon qilindi.
«Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni keng ommalaştiriş, jahon miqyosida özbek sporti şon-şuhratini yanada oşirişga qöşgan munosib hissasi, xususan, Amerika Qöşma Ştatlarining Mayami şahrida professional boks böyiça bölib ötgan musobaqada yuksak azmu şijoat va mahoratini namoyon etib, yurtimiz boks sporti tarixida ilk marotaba WBA va IBF yönalişlarida ğalaba qozonib, rekord natijani qölga kiritgani hamda yoşlarimizga ibrat namunasini körsatib, ular ongida milliy ğurur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini kuçaytiriş borasidagi katta xizmatlari uçun boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Axmadaliyev Murodjon Qahor öğliga «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni berilsin», – deyiladi farmonda.
Şavkat Mirziyoyevning Murodjon Ahmadaliyevga tabrigi:
Professional boks böyiça jahon çempioni Murodjon Ahmadaliyevga
Qadrli farzandim Murodjon,
Avvalo, Seni, barça ustoz va murabbiylaringni, butun xalqimizni boks böyiça erişgan tarixiy ğalabang bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
AQŞning Mayami şahrida ikki yönalişdagi professional boks böyiça amaldagi jahon çempioniga qarşi ötkazgan ğoyat şiddatli va qiziqarli jangingni özbekistonliklar katta hayajon va qiziqiş bilan kuzatdi.
Millionlab tengdoşlaringga ibrat namunasini körsatib, yuksak mardlik va matonat bilan professional boksning ikkita eng nufuzli (WBA Super va IBF) yönalişlarida şunday buyuk ğalabani qölga kiritganing, jahon boksidagi uzoq yillik rekordni yangilaganing har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir.
El-yurtimizning işonçini oqlab, mustaqil Özbekiston sporti tarixida mutlaqo yangi va yorqin sahifa oçgan uşbu olamşumul zafar sohibi bölgan Sen kabi jasur va vatanparvar öğlonlarimiz bilan haqli ravişda faxrlanamiz va çin yurakdan olqişlaymiz.
Murodjon öğlim, Sen ringda özbek yigitlarining jismoniy, ruhiy va ma'naviy jihatdan barkamolligini, heç qaçon kuragi yerga tegmagan buyuk ajdodlarning munosib vorisi ekanligini, Özbekiston tom ma'noda boks mamlakatiga aylanib borayotganini yana bir bor isbotlading.









