Ma’lum qilinişiça, uçraşuv davomida Özbekistonda prezident rahbarligida olib borilayotgan muhim islohotlar haqida suhbatlaşilgan.

Suhbatning asosiy mavzularidan biri - xotin-qizlarni gender zöravonlikdan himoya qiliş va Özbekistonda unga yöl qöymaslik uçun amalga oşirilayotgan işlar böldi.
"Umuman, muloqotimiz oçiq va samimiy bölib ötdi. Özbekistonning Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslariga ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zöravonlik jinoyatini nazarda tutuvçi özgartirişlar faqat qoğozda qolmasligi uçun zarur çora-tadbirlarni atrofliça muhokama qildik", deydi Saida Mirziyoyeva.


Qayd etilişiça, Jyennifer Klayn bu borada amaliy yordam berişni taklif qilgan.
"Şuni inobatga olgan holda, kelgusida aloqalarimizni yanada mustahkamlaş va kengaytiriş imkoniyatiga ega bölamiz, deb öylayman", deb yozadi Prezident administratsiyasi Ijro etuvçi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati böyiça şu’ba mudiri.


Avvalroq Saida Mirziyoyeva Özbekistonda oiladagi zöravonlik jinoiy huquqbuzarliklar turkumiga ötkazilgani, şuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan zöravonlik uçun jazo kuçaytirilganini olqişlagandi.












