IIV haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi: Qamchiq dovonida bo‘ron bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma'lum qilishicha, 24 yanvar kunidan 26 yanvar kuniga qadar «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB shu kunlarda dovondan o‘tuvchilarga murojaat qildi.
««Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi kutilmoqda, bo‘ron bo‘lishi, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, qalin tuman tushib, ko‘rish darajasi 50 metrgacha yomonlashishi, shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlari yuzaga kelishi sababli avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqishi kutilmoqda.
Bu holatlar yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasida dovon yo‘llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo‘lmaganda harakatlanmaslikni so‘raydi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:34 / 03.11.2024
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
21:18 / 13.10.2024
Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi
10:29 / 01.08.2024
Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
07:59 / 15.07.2024