Yagona formaga ötayotgan maktablar: bundan kim qanday foydani közlagan?
|00:24 / 21.07.202246 71612 min
Davlat umumta’lim maktablarida öquvçilar uçun majburiy formalar joriy etiş yana boşlandi. Ijrosi 2025 yilga qoldirilgan masalaning şoşqiç tarzda kun tartibiga çiqarilişiga nima asos bölyapti, jamoatçilik nima fikrda, işlab çiqaruvçilar bunga tayyormi? Uşbu maqolada şular haqida fikr yuritamiz.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yilda qabul qilingan 666-sonli qarori bilan maktablarda majburiy formalarni joriy etiş keyinçalik 2024/25 öquv yiligaça keçiktirilgan edi. Biroq joriy yilning 19 mayida hukumat özining 271-sonli qaror bilan yagona maktab formasiga ötişni 2022/23 öquv yilidan boşlab joriy qildi.
Xalq ta’limi vazirligi taşabbusi hamda «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi bilan hamkorlikda jurnalistlar uçun Namangan viloyatidagi korxonalarda tikilayotgan maktab formalarini borib örganiş maqsadida press-tur ötkazildi. U yerda yagona maktab formasini joriy etişdan közlangan maqsad maktabda ijtimoiy tenglikni joriy etiş ekani, öquvçilar maktabda kiyiniş masalalariga çalğimasdan faqat ta’lim oliş bilan band bölişi kerakligi aytib ötildi.
Hukumatning 2018 yil 666-sonli qarorida ham maqsad davlat umumiy örta ta’lim muassasalari öquvçilarining kiyiniş madaniyati va tartib-intizomga amal qiliş könikmalarini mustahkamlaş, salomatliklarini muhofaza qiliş uçun tegişli şart-şaroitlar yaratiş, ma’naviy va jismoniy soğlom avlodni kamol toptiriş ekanligi urğulangan.
Uni jamoatçilik qanday tuşundi?
Ijtimoiy tarmoqlarda davlat maktablarida öquvçilar formasini joriy etişdan közlangan maqsad — diniy e’tiqodni jilovlaş ekanligi borasida fikrlar ham bot-bot bildirilmoqda. Bu fikrlarda oz bölsa-da jon bordek. Çunki ta’lim muassasalariga römol örab borgan qizlarga tazyiq ötkazilgani bilan boğliq voqealar respublikaning turli hududlarida avval ham köp kuzatilgan.
Masalan, Toşkent viloyati Çinoz tumanidagi 45-maktab direktori Zubayda Toşpölatova maktabga römol örab kelgan qizga ödağaylab, «Şu maktabda öqimoqçi bölsang, römolingni yeçasan», degandi
Mavzuga oid
.
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 25-maktab direktori römol öragan öquvçi qizni «qamataman», deb qörqitgani yuzasidan xalq ta’limi vaziri şaxsan munosabat bildirgan edi.
Namangan viloyati Yangiqörğon tumanidagi 10-maktabning römol öragan bir guruh öquvçi qizlari IIB xodimasi oldida tik turgani tasvirlangan surat tarqalib, keng muhokamalarga sabab bölgandi.
Namangandagi safarda işlab çiqaruvçilar va ta’lim sohasi mutasaddilari ham Özbekistonda dunyoviy davlat ekanligini ta’kidlab, yagona maktab formasini imkon qadar tezroq joriy etiş zaruriyati tuğilganini ta’kidlaşdi.
Ayni şu kunlarda Guliston tuman xalq ta’limi bölimiga tegişli deb aytilgan Telegram-kanal esa islomofobik matnni repost qildi. (arxivlangan link).
Keyinçalik uşbu post öçirib taşlandi. Post yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirib ötdi.
«Agressiv mazmunda yozilgan uşbu post Guliston şahar xalq ta’limi bölimi nomidan oçilgan sahifada e’lon qilinganligi va keyinroq post öçirilganligi tasdiqlandi.
Uşbu material boşqa ijtimoiy tarmoq sahifalaridan olingan bölib, soha xodimlarning beparvoligi va mas’uliyatsizligi oqibatida kanalga joylangan. Lekin bu narsa uşbu holatga yöl qöygan mas’ulni javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Ayni vaqtda mazkur holat böyiça Xalq ta’limi vazirligi tomonidan xizmat tekşiruvi olib borilmoqda hamda uşbu holatga yöl qöygan mas’ul xodimlarga tegişli çoralar körilişi ta’minlanişini ma’lum qilamiz», — deyiladi vazirlik munosabatida.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 666-sonli qarorining ilovalarida 1–6-sinf qiz bolalar uçun yubkaning trapetsiya şaklida tikilgan va yon qismida törtta yiğma mavjudligi, yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini töliq yopişi va tizzadan pastga köpi bilan 8 sm.gaça uzaytirilişi mumkinligi; 7–11-sinfda öqiydigan qizlar uçun tizzadan yuqori bölmagan, klassik uslubda tikilişi, yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini töliq yopişi va tizzadan pastga köpi bilan 12 sm.gaça uzaytirilişi mumkinligi belgilangan.
Ya’ni, qiz bolalar uçun yubkaning töpiqqaça uzun bölişiga taqiq kiritilgan. Bu qoida, albatta, ayrim ota-onalarning noroziligiga sabab bölişi turgan gap.
«Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi dizaynni rivojlantiriş bölimi boşliği Kamola Ğulomova yagona forma dizaynini tasdiqlaşda ota-onalar örtasida sörovnoma ötkazilganini ta’kidlab ötdi. Nega unda yubkaning uzun bölmasligi alohida band sifatida mustahkamlab qöyilgan va bu borada bildirilgan fikrlar inobatga olinmagan?
Şu bilan birga, umumta’lim maktablarida işlovçi öqituvçilar yagona forma joriy etilayotgani juda töğri qaror bölganini ta’kidlaşmoqda. Ular ta’lim sifatini oşirişda öquvçilarning ijtimoiy tengligiga erişiş asosiy masalalardan biri ekanligini aytişmoqda.
Maktablarda aslida nima birlamçi bölişi kerak?
Albatta, davlat umumta’lim maktablarida formadan ham avval hal qilinişi kerak bölgan işlar juda köp. Masalan, sinfxonalar yetişmasligi. Yildan yilga 1-sinfga qabul qilinayotgan öquvçilar rekordi yangilanmoqda. Bu yil ham ularning soni 700 mingdan ortadi. Özbekistondagi 10 mingdan ziyod maktablarning aksariyat qismida (ayniqsa katta şaharlarda) sinfxonalar yetişmasligidan sinflarda öquvçilarning örtaça soni 40 nafardan oşadi.
Qariyb barça maktablarda öqitiş ikki smenada olib boriladi. Hattoki uçinçi smenada ham dars beradigan maktablar bor. Ammo bularni bartaraf etiş uçun sezilarli va jadal qadamlar taşlanmayapti.
Sport zallari va sport maydonçalarini-ku, gapirmay qöya qolaylik. Ayrim tumanlarda vaziyat şu darajaga yetganki, sport maydonlari tadbirkorlarga pullab yuborilmoqda.
Qöşimça binolar qurib sinfdagi öquvçilar sonini 25-30 nafardan qiliş, sport zallari, sport maydonçalari quriş, zarur öquv va badiiy adabiyotlar, laboratoriyalar barpo etiş va ularni reagentlar bilan ta’minlaş, öquv qöllanmalari, körgazmali qurollar bilan jihozlaşdek barçaga foyda keltiradigan vazifa turganda ta’lim uçun mas’ullarning maktab formasiga tiş-tirnoği bilan yopişib olişi tuşunarsiz hodisa bölmoqda. Va, tabiiyki, turli taxmin, şubha, gumonlar urçişiga sabab bölmoqda.
Xorijda maktab formalari
Rivojlangan davlatlardagi maktablarga e’tibor beraylik. Ularda maktab formasi majburiy, degan gap yöq. Öquvçilar maktabga özi istagan, özi uçun qulay kiyimlarda kelişadi (töğriroği, maktab avtobuslari olib keladi). Bir xildagi formalar qoida tarzida faqat xususiy maktablarda joriy etiladi. Ular maktabga formasiz keliş bolada individuallikni, erkinlikni östiradi, deb hisoblaşadi. Armiyadagidek bir xilda kiyiniş bolaga yoşligidan itoatkorlik va biqiqlikni singdiradi, deb hisoblanadi.
Germaniyadagi sinf. Foto: deutsch-sprechen.ru
AQŞdagi sinf. Foto: ptoday.ru
Finlandiyadagi sinf. Foto: skazka-arkhyz.ru
Ta’kidlab ötiş joizki, majburiy maktab formalari yon qöşnimiz Turkmaniston va Tojikistonda ham joriy etilgan.
Tojikistondagi maktab formasi. Foto: eurasianet.org
Turkmanistondagi maktab formasi. Foto: hvylya.net
Örinli savol tuğiladi: biz maktab ta’limini yuksaltirişda dunyoning rivojlangan davlatlaridan andoza olişimiz kerakmi va har tomonlama bizdan ortda bölgan davlatlardan? Öquvçilarni inkubatordan çiqqandek bir xilda kiyintirgan bilan ularning bilimi va saviyasi oşib qolmaydi. Bu aniq.
Nega milliy mato emas?
Şaxsan men press-tur davomida tikilayotgan maktab formalari özimizning milliy mahsulotimiz bölgan matolardan emas, Xitoydan import qilinayotgan matolardan tikilayotganidan nihoyatda taajjublandim.
Tikuvçilik korxonalari vakillarini aytişlariça, özimizning töqimaçilik korxonalarimizda işlab çiqarilayotgan matolardan tikilgan formalar yuvilganda suvga rangi çiqişi, quyoşda rangi öçişi, tezda pitiği (katişka) çiqişi bilan tezda öz sifatini yöqotgan. Xitoy matosi esa uç yilgaça öz rangini yöqotmasligi, pitiği çiqmasligiga kafolat berilmoqda.
2017 yilda taşkil etilgan «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi nega ötgan 5 yil içida bu borada kölamli işlar amalga oşirmagani, nega yurtimizda şu paytgaça kerakli paytda asqatadigan sifatli gazlama mahsuloti işlab çiqariş yölga qöyilmagani jumboqligiça qoldi.
Uyuşmaning rasmiy saytidagi missiyasiga e’tibor qaratamiz:
«Yuqori sifatli töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarib, uning barça turlariga yorqin va betakror detallarni qöşilgan kiyim-keçak işlab çiqarişni takomillaştirib, har bir xonadonda imkoniyatlar yaratiş orqali ixçam va gözal muhitni şakllantirib, Biz insonlarning hayotini yaxşilaşga harakat qilamiz».
Maktab formasining bir xil dizaynda unifikatsiya qilinib, majburiylaştirilişi — ota-onalar uçun qöşimça soliq, deb bemalol hisoblaş mumkin. Buni «ota-onalar baribir bolalarini maktab uçun xarajat qilib, kiyintirişadi-ku», deya oqlaşmoqda mas’ullar. Har qanday bahona, har qanday vaj keltirilmasin, bu iş baribir ma’lum bir soha va doiraning boyişiga xizmat qilayotgandek.
Çunki forma tikiladigan mato ham özimizda işlab çiqarilmaydi, Xitoydan import qilinmoqda. Agar mato özimizning töqimaçilik fabrikalarimizda işlab çiqarilganida «milliy yengil sanoatimizni rivojlantiriş uçun bosilayotgan qadam», deb baholaş mumkin edi.
Endi nima böladi?
Endi mahalliy hokimliklar, tuman va şahar xalq ta’limi bölimlari, maktab direktorlari ota-onalarni yoppasiga majburlay boşlaşadi. Bunga şak-şubha yöq. Kiyim tikuvçi tadbirkorlar ham tumanlarni bölib olib, öz mahsulotini ötkazişga kirişib ketibdi.
Majburlaş bor joyda korrupsion omillar ham paydo böladi. Aytaylik, öz korxonasining mahsulotini ötkaziş uçun tikuvçilik korxonalari tuman xalq ta’limi bölimlari, yirik maktab direktorlariga pul taklif qila boşlaşlari mumkin. Bunday deyişimizga töla asos bor. Suriştiruvlarimizga köra, ta’minotçi korxonalar allaqaçon viloyatlar, tumanlar va maktablarni taqsimlab olişgan.
«Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi vakillari sohada tikuvçilik korxonalari nihoyatda köpligi, barça hududlarda mavjudligi, forma tikuvçi korxonalar özaro raqobatga kirişişi, bu esa monopoliyani bartaraf etişi, şuning ortidan öşa bir xilda tayyorlanayotgan maktab formalari karrasiga qimmat bölib ketmasligini aytib işontirişmoqda. Qolaversa, kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga formalar tekinga berilar ekan.
Foto: XTV matbuot xizmati
Lekin maktab formalari 1–6 sinf öquvçilari uçun 4 milliondan ortiq komplektda tayyorlanişi kerak. Maktablar oçilişiga juda kam vaqt qoldi. Tekstil korxonalari ulgurişarmikan, degan savol ham örtaga çiqmoqda. Bunga javoban, «hali 10 avgustdan maktab yarmarkalari oçiladi, barçani forma bilan ta’minlaşga ulguramiz», deya işontirişmoqda tikuvçilik bilan şuğullanuvçi korxonalar.
Qolaversa, sohada monopoliya yöqligi ta’kidlanmoqda. Lekin butun boşli Özbekiston uçun aynan bitta mato tanlangani — monopoliyaning özginasi. Garçi undan turli korxonalarda mahsulot tikilsa-da. Bu masalada «it» mana şu joyga «kömilgan». Kim balandparvoz maqsadlari ortidan «qölini istayotgani»ni aniqlaş uçun matoni Xitoydan Özbekistonga kim olib kirayotganining tagiga yetiş kifoya.
Yuqoridagilar gaplar bilan men hukumat qarori zudlik bilan bekor qilinişi yo yana keçiktirilişi kerak, demoqçi emasman. Mayli, maktab formasi ham kerak. Biroq u turli-tuman körinişda bölişi, qanday forma tanlaşni bolalarning ota-onalari (maktablardagi ota-onalar qömitasi) ixtiyoriga qöyib beriş kerak edi.
Maktablarda ta’lim sifatini oşiriş, qöşimça sinfxonalar quriş işiga tezroq hamma bir yoqadan boş çiqarib, yoppa tarzda tezroq kirişiş kerak. Barça yutadigan, formadan ham köra foydaliroq iş mana şu bölar edi.