Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. IIBning qayd etişiça, 8 aprel kuni Yangiqörğon tumanidagi 10-sonli maktab tomonidan tuman IIBga aloqa xati yuborilgan.

Unda maktabda avvaliga 5 nafar, oxirgi kunlarda 10 nafar qiz belgilangan tartibdagi maktab formasini kiyib yuriş qoidalariga rioya qilmayotgani, ularga bir neça marta maktab formasida, lozim bölsa, oddiy römol örab kelişlari töğrisida tuşuntirilgani, biroq ota-onalar ham, qizlar ham maktabning içki tartib-qoidalariga rioya qilmayotgani ma'lum qilingan.

10 aprel kuni uşbu maktabda tarğibot va taşviqot işlarini olib boriş maqsadida 9—11-sinf öquvçilari örtasida jinoyat sodir etilişining oldini oliş yuzasidan muhokama yiğilişi taşkil etilgan.

Muhokama davomida aloqa xatida körsatilgan qizlar bilan profilaktik suhbatlar ötkazilgan va ularga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666-sonli qarori talablari tuşuntirilgan.

«Suhbat yakunida öquvçi qizlarga maktabga belgilangan tartibda kiyinib kelişlari, hijobda emas römol öraşlari mumkinligi, bunga heç kim qarşilik körsatmasligi tuşuntirib ötilgan», — deyiladi munosabatda.

Ma'lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilari uçun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizomning 7-bandiga köra öquvçilar ta'lim muassasasi binosi içida boş kiyimsiz yurişlari lozim.

Avvalroq, Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani örinbosari Ravşan Omonov ham römolli qizlarni öqişga ibodat libosida kelişda ayblagan videosi tarqalgan edi. Keyinçalik universitet xodimi keng jamoatçilikdan uzr sörab çiqdi.