OTMga o‘qishga kiritish bo‘yicha jinoyatlarda 384 mln so‘m va 457 ming dollar ushlandi
Joriy yil o‘tgan davrida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq 127 ta jinoyat fosh etilib, 384 mln so‘m va 457 ming dollar firibgarlik yoki pora sifatida qo‘lga kiritilishi oldi olindi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilgan shaxslar 34 ta jinoyati fosh etilib, huquqbuzarlar tomonidan 81,8 mln so‘m va 168,2 ming dollar qo‘lga kiritilishiga chek qo‘yildi.
Kollej va texnikumlarga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq 37 ta jinoyat fosh etilib, 22 mln so‘m va 27,5 ming dollar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Hududlar kesimida tahlil qilganda, bu borada Andijonda – 29 ta, Farg‘onada – 27 ta, Toshkent shaharda – 26 ta, Samarqandda – 21 ta, Buxoro va Toshkent viloyatlarida – 17 tadan, Namangan hamda Sirdaryoda – 16 tadan, Surxondaryoda – 9 ta, Jizzax, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda – 6 tadan, Qashqadaryoda – 3 ta, Navoiy viloyatida – 1 ta jinoyat aniqlangan bo‘lib, huquqbuzarlik sodir etganlar 17 nafari oliy ta’lim tizimida, 14 nafari kollej va litseylarda ishlasa, 169 nafari boshqa soha vakillari yoki fuqarolarni tashkil etgan.
“Ayni paytda, oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari davom etar ekan, departament va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar tomonidan ushbu yo‘nalishda korrupsiya holatlar oldini olish borasida profilaktika va tezkor-qidiruv tadbirlari davom etadi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat | 09:36
-
Rossiyaning Odessaga zarbasi: kamida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi
Jahon | 09:14
-
Toshkentda Lixiang va Cobalt to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi
Jamiyat | 09:07
-
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
Jahon | 09:01
Mavzuga oid

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

09:16 / 20.03.2025