1 noyabr kuni tunda Urganç - Çoliş yölining 10 kilometridagi kanalga qurilgan köprik qisman qulab tuşdi.

«Kun.uz» muxbiri aniqlagan dastlabki ma'lumotlarga köra, köprik yuk avtomobili oğirligini kötarolmay, qulab tuşgan. Transport vositasi uning ustidan ötib ketişga ulgurgan, jabrlanganlar yöq.

2 noyabr kuni holatiga Urganç - Çoliş yölining 10 kilometri yopib qöyilgan, undan Xorazm viloyatini Qoraqalpoğistonning Beruniy tumani bilan boğlovçi, Amudaryo köprigiga ötişning iloji yöq. Barça transport vositalari aylanma yöllarga yönaltirilmoqda. Fuqarolar esa köprikning butun qolgan qismidan ötkazilmoqda.

Amudaryo köprigi ştat rejimida işlayapti, undan transport vositalari ötkazilmoqda.
Hozirgi vaqtda qulab tuşgan köprik yonidan boşqa, vaqtinçalik, kiçikroq köprikning quriliş işlari boşlab yuborilgan. Uni 3 noyabr kuni işga tuşiriş rejalaştirilmoqda.

Qulab tuşgan katta köprikning qaçon tiklanişi ma'lum emas.






