Navoiyda sudya xodimini kaltakladi
15 fevral kuni Navoiy viloyat ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi raisi Otabek Toshev qo‘l ostida ishlovchi xodimi Dilshod Norovni ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida yerga yotqizib tepkilagan. Bu ma'lumotni Kun.uz’ga O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tasdiqlagan.
Ma'lum qilinishicha, mazkur holat bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.
Viloyat sudida texnik xodim sifatida faoliyat ko‘rsatadigan Dilshod Norov ayni vaqtda Navoiy viloyat kasalxonasi xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.
«Navoiy shahar prokuraturasida mazkur holat buyicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda. Sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Natijasi yuzasidan ma'lumot beriladi», deyilgan Bosh prokuraturasi xabarida.
Mavzuga oid
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
11:05 / 10.11.2024
«Izolyatorlar to‘lib ketgan» – Oliy sud raisi sudyalar qat’iyatsizligining oqibatlari haqida
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024