Karmana tumanidagi 30-umumta’lim maktabida öquvçilar örtasida ketma-ket öz joniga qasd qiliş holati kuzatilmoqda.

18 dekabr kuni maktabning 9-sinfida tahsil oluvçi öquvçi (öğil bola) özini osib, joniga qasd qilgan. Buni Kun.uz’ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqladi.

Ayni şu maktabda bir oy oldin, 18 noyabr kuni ham şunday holat kuzatilgan: 11-sinfda öqiydigan öquvçi qiz öz joniga qasd qilgan. U ham yaşaş uyida özini osgan. Qizning ota-onasi şu maktabda öqituvçi bölib işlagan.

24 may kuni esa uşbu maktabning 6-sinf öquvçilari dars vaqtida çömilişga borib, ulardan biri suvga çökib halok bölgandi.

Öşanda viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan suriştiruv işlari olib borilayotganini, natijasi böyiça qöşimça ma’lumot berilişini bildirgan edi. Biroq hozirça uşbu holatlar böyiça rasmiy munosabat berilmadi.