Özbekiston Respublikasi Adliya sobiq vaziri Ravşan Muhiddinov qamoqdan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2012 yildan buyon qamoq jazosini ötab kelayotgan Ravşan Muhiddinov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga oşirganlikda ayblanib, sudlangandi.

Joriy yilning 8 may kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida sobiq vazir Muhiddinov reabilitatsiya qilinib, unga nisbatan amnistiya akti qöllanildi.

Ma'lumot uçun, u 2000-2005 yillar Jizzax viloyati prokurori, 2006 yilga qadar Prezident devonida mas'ul xodim, 2006-2007 yillarda esa Boş prokuror örinbosari lavozimlarida işlagan. Şundan söng, 4 yil davomida Adliya vaziri sifatida faoliyat körsatgan Muhiddinov 2011 yili Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi etib tayinlangandi.

Ravşan Muhiddinov qamoqqa olinişidan avval Toşkent viloyati prokurori sifatida faoliyatini davom ettirayotgan bölgan. U 2012 yil 16 fevral kuni bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 15 yil ozodlikdan mahrum etilgandi.

Hukumatga yaqin Kun.uz ​axborot manbasining ta'kidlaşiça, Muhiddinov sobiq MXX va öşa davrdagi Boş prokuratura tizimiga qarşi kuraş e'lon qilgan ilk rasmiylardan biri edi.