AQŞning sobiq boş prokurori va adliya vaziri Jenet Rino 79 yoşida Amerikaning Mayami şahrida (Florida ştati) hayotdan köz yumdi. U Bill Klinton ma'muriyatida uşbu yuksak lavozimni egallagandan buyon mamlakat tarixidagi ilk ayol boş prokuror sifatida e'tirof etib kelinadi. Associated Press agentligi şu haqida xabar berdi. 

Yaqin insonlaridan birining sözlariga köra, sobiq adliya vaziri köp yillar davomida Parkinson kasalligi bilan kuraşib kelgan. U özining sönggi kunlarini Mayamidagi uyida yaqinlari va döstlari orasida ötkazgan. Rino Mayami şahrida jurnalistlar oilasida tavallud topgan. U Kornell hamda Harvard universitetlarini huquqiy bilimlar yönalişi böyiça tamomlagan. 

Jenet Rino 1993 yilda prezident Bill Klinton tomonidan adliya vaziri va boş prokuror lavozimlariga tayinlangan. U 8 yil davomida mazkur lavozimida faoliyat körsatgan. Butun Amerika tarixida bu lavozimda faqat Uilyam Virtgina (1817-1829 yillarda adliya vazirligini boşqargan) undan uzoqroq faoliyat olib borgan. 

Klinton ma'muriyatida işlagan vaqtlarida Rino köplab murakkab va muammoli masalalarni körib çiqişiga töğri kelgan. 

2001 yilda iste'foga çiqqandan söng Rino Florida gubernatorligiga öz nomzodini qöygan, biroq praymerizda demokrat raqiblaridan biriga mağlub bölgan.