O‘zbekiston | 21:48 / 16.06.2020
22624
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Covid-19 alomatlarsiz o‘tayotgan bemorlarni uy sharoitida davolashga o‘tilishi mumkin

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kungi videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

«Virusning yengil shakllari aniqlangan yoki kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan fuqarolarni uy sharoitida tibbiy nazoratda ushlash va davolash amaliyotini yo‘lga qo‘yishimiz kerak», – dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha tuzalgan bemorlarni 14 kunlik reabilitatsiyaga kuzatish amaliyoti to‘xtatilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi izohiga ko‘ra, tajriba bu amaliyotga zarurat yo‘qligini ko‘rsatgan.

«To‘liq davolanishdan keyin, virus organizmdan batamom chiqib ketganidan so‘ng 14 kunlik reabilitatsiya amaliyoti faqat O‘zbekistonda ehtiyot chorasi sifatida qo‘llandi, xolos. Hatto dunyoning rivojlangan davlatlarida ham nafaqat bu amaliyot, balki koronavirusga chalinganlar ham faqat og‘ir holatlardagina shifoxonaga yotqiziladi, qolgan payt kerakli dori-darmonlar tavsiya qilinib, uyda davolanish buyuriladi», – degan SSV matbuot kotibi Furqat Sanayev.

Rasmiylarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bir bemor davolanishi uchun 32,3 mln so‘m sarflanmoqda, ahvoli og‘irlashib sun'iy nafas oldirish apparatiga ulanganlar uchun 64,4 mln, reabilitatsiyaga chiqarilganlar uchun 2,8 mln, karantinga olinganlar uchun 2,2 mln so‘mdan ajratilgan.

Mavzuga oid