Özbekiston prezidentining 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-sonli «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmonida Özbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondini taşkil etiliş bilan boğliq tadbirlar belgilangan.

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining telegramdagi kanalida xabar berilişiça, şuningdek, Farmonda tegişli idoralarga fuqarolardan zakot, fitr va boşqa xayriya mablağlari sifatida tuşadigan mablağlar «Vaqf» xayriya jamoat fondining alohida hisob raqamida töplanişi hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan (şu jumladan, Internet tarmoği orqali onlayn kuzatiş imkoniyatini yaratgan) holda mablağlarning tuşişi va sarflanişida töliq şaffoflikni ta'minlaş böyiça amaliy kömak beriş topşirilgan. 

Şu munosabat bilan, Adliya vazirligi tomonidan Özbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi davlat röyxatidan ötkazildi.

Mazkur taşkilotning asosiy maqsadi köp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, dunyo ilm-fan va madaniyati rivojiga ulkan hissa qöşgan ajdodlarimizning bebaho merosini örganiş, xalqimizga azal-azaldan xos bölgan ma'rifatparvarlik, bağrikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilat va qadriyatlarni davom ettirişga kömaklaşiş hisoblanadi.

Uşbu fondning taşkil qilinişi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Qonunda belgilangan fuqarolarning huquqlarini amalga oşirişlari uçun yana bir imkoniyat böldi.

Adliya vazirligi tomonidan Fond boşqaruv rahbari Jaloliddin Xamraqulovga fondning davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma topşirildi va uning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.