9 sentabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş böyiça qabulxonasi kömagida amalga oşirilişi rejalaştirilgan “Adliya tadbirkorga döst” loyihasining taqdimoti bölib ötdi.

Mazkur loyihada tadbirkorlarning fikrlari va takliflarini örganiş orqali ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarini hal etiş, tadbirkorlarning moliyaviy va huquqiy savodxonligini oşiriş, davlat xizmatlarini körsatiş tizimi hamda mazkur sohani tartibga soluvçi qonun hujjatlarini yanada takomillaştiriş rejalaştirilgan.

Şuningdek, loyihani amalga oşiriş böyiça joylarda 100 dan ortiq işçi guruhlar taşkil etiladi va 10 mingdan ortiq tadbirkorlar iştiroki qamrab olinadi.

Har bir hududning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş darajasiga baho beriş böyiça indikatorlar işlab çiqiladi va milliy reytinglar tuziladi.

Tadbirkorlik faoliyatining barça jabhalarini qamrab oluvçi “advice for business” maxsus interaktiv huquqiy portali yaratiladi.

Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlarining tajribasini örgangan holda biznesni yuritiş va röyxatdan ötiş bosqiçlari yanada soddalaştiriladi.

Buyuk Britaniya hukumati Röyxatga oliş palatasining (Companies House) tadbirkorlarga davlat xizmatlarini körsatiş böyiça, biznesni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş böyiça Yangi Zelandiya tajribasi örganiladi va amaliyotga joriy qilinadi. 

Yer uçastkalarini auksionga çiqariş bilan boğliq jarayonlar monitoring qilib boriladi.

Barça davlat organlarini tadbirkorlarni qöllab quvvatlaşga çorlaş maqsadida “Sen tadbirkor uçun nima qilding” aksiyasi ötkaziladi.

“Tadbirkor faoliyatiga aralaşma” şiori ostida ijtimoiy tarmoqlarda va aholi orasida adliya sayllari tadbirlari ötkaziladi.

Tadbirkorlarni noqonuniy homiylikka jalb qiliş holatlarini aniqlaş böyiça joylarda aksiyalar ötkaziladi.