Agar buni haftasiga bor-yöği 2,5 soat bajarsangiz, vaqtidan ilgari ölim ehtimolini deyarli 30 foizga kamaytirasiz. Bundan taşqari, yurak qon-tomir kasalliklariga çaliniş ehtimoli ham 20 foizga kamayadi. Gap jismoniy faollik haqida bormoqda.

2003 yildan 2010 yilga qadar yetti yil mobaynida kanadalik olimlar jismoniy faollikning hayotimizdagi örnini örganiş böyiça tadqiqot olib borişdi. Unda 35 yoşdan 70 yoşgaça bölgan 130 mingta odam iştirok etdi. Ular turli mamlakat vakillari bölib, hayot darajalari ham turliça edi.
Tadqiqot yakuni juda qiziq. Agar yurak qon-tomir kasalliklari, infarkt yoki insultning yuzaga kelişi ehtimolini kamaytirişni istasak, harakatlanişimiz lozim. Haftasiga heç bölmaganda 150 daqiqa (2,5 soat). Har qanday jismoniy faollik hisobga olinadi. Bu odatiy uy tozalaş yoki sayr bölişi mumkin. Albatta, sport zalida ham şuğullaniş mumkin – ortiqçalik qilmaydi. Soğlik nuqtai nazaridan har qanday faollik töğri keladi.

Zamonaviy hayotda tobora «ötiriş holatidagi hayot tarzi»ga amal qilmoqdamiz. Bunga ofisdagi iş va jamoat hamda şaxsiy transport tizimining rivojlanişi sabab bölmoqda. Faol turmuş tarziga oid köplab tadqiqotlar ötkazilişiga qaramay, odam tobora «köp ötirişda davom etyapti». Natijada ortiqça vazn, köplab kasalliklarga moyillik yuzaga kelmoqda.
Haftasiga 150 daqiqa – kuniga 20 daqiqadan biroz ortiq degani. Köpçilikning jismoniy faolligi undan ham kamroq. Bu vaqt davomiyligini oşiriş böyiça maslahatlar quyidagilardan iborat:
- Işgaça heç bölmaganda bir bekat piyoda yuring;
- Zinalar hisobiga liftlardan voz keçing;
- Agar maşinada yursangiz, maşinangizni işxona yoki uçraşuv joyidan uzoqroqda qoldiring;
- Dökonga piyoda boring;
- Keçki payt piyoda yuriş uçun 10 daqiqa vaqt ajrating.
Agar bu bandlardan bir neçtasini bajarişga harakat qilsangiz, jismoniy faolligingiz ortadi. Aytgança, harakatning yana bir ijobiy jihati zöriqişni yengişda yordam beradi. Keçki mahaldagi sayr kişiga xotirjamlik baxş etadi. Sinab köring!







