Stansiyaning 2 ta yangi buğ-gaz qurilmasi Janubiy Koreyaning «Hyundai Engineering» va «Hyundai Engineering & Construction» kompaniyalari konsorsiumi tomonidan örnatilgan.

Pudratçi tomonidan quriliş-montaj işlari 100 foizga bajarilgan bölib, örnatilgan uskunalar Amerikaning «GE» kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan.

«Taxiatoş» IES direktori Faxriddin Xalillayevning aytişiça: «Agar ilgari 1 kVt/soat elektroenergiyani işlab çiqiş uçun 430 gr gaz sarflangan bölsa, ayni vaqtda yangi texnologiyalar tufayli sarflanayotgan gaz miqdori 250 gr ni taşkil etmoqda» (gazning qariyb 40 %i tejab qolinmoqda).

Press-tur davomida «Taxiatoş» IES buğ-gaz qurilmalarini işlab çiqariş böyiça katta ustasi Qudrat Abdullayev stansiya qanday işlaşi, yangi va eski stansiyadagi farqli jihatlar, şuningdek Qoraqalpoğiston hamda Xorazm elektr energiyasi bilan töliq ta'minlanişi borasidagi savollarga batafsil javob berdi.

Loyihaning umumiy qiymati 678,2 mln AQŞ dollarini taşkil qiladi. Şundan:

  • 300 mln AQŞ dollari Osiyo taraqqiyot bankining investitsiya mablağlari;
  • 230,7 mln AQŞ dollari Özbekiston «Tiklaniş va taraqqiyot» jamğarmasining kredit mablağlari;
  • 27,3 mln AQŞ dollari «Özbekenergo» mablağlari;
  • 120,2 mln AQŞ dollari Özbekistonning loyihani qöllab-quvvatlaşdagi uluşi hisoblanadi.

IESning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, yangi joriy etilayotgan ikkita buğ-gaz qurilmasining işga tuşişi bilan stansiyaning texnik-iqtisodiy körsatkiçlari quyidagiça böladi:

  • stansiyaning örnatilgan quvvati 730 MVt dan 1000 MVt gaça oşadi;
  • yillik işlab çiqariladigan elektr energiya miqdori 3,0 mlrd kVt soatdan 3,6 mlrd kVt soatgaça oşadi;
  • 1 kVt soat elektr energiyasini işlab çiqariş uçun sarflanadigan şartli yoqilği miqdori 170,36 gr/kVt soatga kamayadi. Bu bilan bir yilda 488,6 mln m3 tabiiy gaz tejalişiga erişiladi;
  • yillik suv sarfi 293 mln m³ga kamayadi va yiliga 159 mln m³ni taşkil qiladi;
  • azot oksidi çiqindisi 3,5 barobar kamayadi;
  • atmosferaga çiqadigan yalpi çiqindilar 5,1 barobar, yiliga 3056,674 tonnaga kamayadi;
  • IES çiqindilari bilan atmosferani ifloslantiriş darajasi 3,2 barobar kamayadi;