Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Navoiy IESda sodir bölgan yonğin töğrisida ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 5 yanvar kuni soat 14:34 da viloyat FVB navbatçi dispetçerlik xizmatiga Karmana tumani Navoiy IES 12-transformatorda yonğin sodir bölayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Hodisa joyiga yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 14:37 da yetib borib, 14:49 da yonğin maydoni örab olingan va soat 15:14 da öçirilgan.
Yonğinga FVBdan sakkizta yonğin qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
«Yonğin natijasida aholi yaşaş xonadonlari, ijtimoiy va işlab çiqariş obektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaşda uzilişlar sodir bölmadi. Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda. Jabrlangan va halok bölganlar yöq», — deyiladi xabarda.
Energetika vazirligiga köra, yonğin energotizimga salbiy ta’sir qilmagan. Yonğin oqibatida töxtatilgan energoblok örni zaxira quvvatlar hisobiga ta’minlangan. «Iste’molçilarga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda, ayni paytda stansiya barqaror işlayapti», — deya ta’kidlanadi xabarda.












