Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Samarqand viloyatida yangi IES quriş işlari boşlanişini ma’lum qildi.

“Saudiya Arabistonining Pemco kompaniyasi yil oxirigaça Samarqand viloyatida quvvati 200 MVt bölgan yangi gaz-porşenli IES quriş işlarini boşlaydi”, dedi u.

Mirzamahmudovning qöşimça qilişiça, hozirda yangi şamol va quyoş stansiyalari böyiça amaliy işlar boşlangan. Şuningdek, yil yakuniga qadar Parkent tumanida yirik energiya saqlaş tizimini işga tuşiriş rejalaştirilgan. 

Bundan taşqari, vazirning sözlariga köra, Toşkentda qurilayotgan yangi aeroport ekspluatatsiyasi uçun qayta tiklanuvçi yoqilği işlab çiqariş rejalaştirilmoqda. Bu borada Saudiya Arabistonining Vision Invest va AQŞning Air Producs kompaniyalari bilan yangi ekologik barqaror aviatsiya yoqilğisi (SAF) işlab çiqariş böyiça kelişuvga erişilgan.