Urganç şahar xalq deputatlari kengaşi a’zosining ma’lum qilişiça, Bazarimbetov örtaga işonçli odamini qöyib, yonilği quyiş şoxobçasini elektr tarmoğiga ulab beriş uçun tadbirkordan 20 ming dollar söraganlikda gumonlanmoqda. Keyinçalik bu qiymat 15 mingga tuşirilgan.
Şundan söng tadbirkor deputatga şikoyat qilgan. U esa öz navbatida huquq-tartibot idoralarini xabardor qilgan. Ular maxsus tadbirda örtadagi şaxsni hamkorlik qilişga köndirişgan.
24 dekabr kuni örtadagi işonçli şaxs pulni Bazarimbetovning kabinetiga kiritib berganidan söng, huquq-tartibot idoralari xodimlari rahbarni uşlaşgan.
Deputatning sözlariga köra, tezkor tadbirda örtadagi şaxs va rahbarning muloqoti yozib olingan. Audioyozuvlarda rahbarning örtadagi şaxsga qarata aytgan: «Pulning hammasini berdimi? Hammasini oldingmi? Mana bu tumboçkaga qöy» degan sözlari ham bor.
Ayni paytda Bazarimbetov hibsda saqlanmoqda va holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deydi deputat.
Korxona rahbari qölga olinganini korxonadagi manba ham Kun.uz'ga tasdiqladi.












