“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020 yillar uchun “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” talablariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarini “big four” katta to‘rtlikka kiruvchi Xalqaro auditorlik kompaniyasi — “Ernst & Young” MChJ tomonidan auditorlik tekshiruvi o‘tkazildi va yakunda “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” talablariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlar “Ijobiy auditorlik xulosasi”ga ega bo‘ldi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019, 2020 va 2021 yilgi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiq tuziladigan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarini 2021 yil 31 mart kuni “Ernst & Young” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Xalqaro auditorlik tekshiruvi o‘tkazildi.
Xalqaro auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda hamda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiq tuziladigan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarini tuzishga Xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni jalb qilish maqsadida “HLB Tashkent” MChJ bilan 2021 yil 7 sentyabr kuni shartnoma imzolandi.
Bundan tashqari, 36-sonli “Aktivlarning qadrsizlanishi” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti talablariga muvofiq jamiyat aktivlarini qadrsizlanishga tekshirish bo‘yicha “KPMG Valuation and Consalting” MChJ bilan 2021 yil 22 sentyabrda shartnoma imzolandi.
Mazkur xulosa “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning moliyaviy faoliyatiga Xalqaro darajada baho berib, Aksiyadorlik jamiyatining kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga investitsiyalarni jalb qilish, Xalqaro kredit reytinglarini olish, aksiyalarini xalqaro birja bozorlariga olib chiqish kabi bir qator afzalliklarni taqdim etadi.
Shu bilan birga,














