Kuni keça soat 20:32 da Toşkent şahrida joylaşgan 110/10/6 kV kuçlanişli “Vystovoçnaya” podstansiyasining 110 kV oçiq taqsimlovçi qurilmasida kuçlaniş transformatorining (TN-2-110) “S” fazasidagi nosozlik sababli çaqnaş kelib çiqib 2-son transformatori himoya tizimidan favqulodda öçgan.

Nosozlik oqibatida transformator uskunasi hududida çaqnaş va kuçli tovuş bilan keçgan holat kuzatildi. Şu sababli ayrim fuqarolar tomonidan uşbu hodisa portlaş sifatida qabul qilingan. Darhaqiqat, uskunada avariyaviy holat sodir bölgan, biroq bu yonğinning keng tarqalişi yoki boşqa uskunalarga ta’sir körsatişiga yöl qöyilmadi. Podstansiyadagi avtomatik himoya va avariyaga qarşi tizimlar öz vaqtida işlab, nosoz uskunani tarmoqdan ajratib qöydi.

Eng muhimi, hodisa natijasida podstansiya xodimlari, tezkor xizmatlar va aholi orasida jabrlanganlar yöq. Heç kim tan jarohati olmagan.

Mazkur holat tufayli Şayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilişlar kuzatildi. Voqea sodir bölişi bilanoq “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning tezkor-avariya brigadalari hamda tegişli mutaxassislar hodisa joyiga yetib borib, nosozlik sabablarini örganiş va elektr ta’minotini qayta tiklaş işlarini boşladi.

Qisqa vaqt içida zaxira sxemalari orqali iste’molçilarning elektr ta’minoti töliq tiklandi.

Hozirgi vaqtda podstansiya va unga boğliq elektr tarmoqlari ştat rejimida işlamoqda. Hodisa sabablarini aniqlaş böyiça texnik tahlil işlari davom ettirilmoqda. Uning yakunlari böyiça qöşimça ma’lumot beriladi.

Fursatdan foydalanib, aholidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan tasdiqlanmagan xabarlarga emas, balki rasmiy manbalar orqali e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga işonişlarini söraymiz. Hodisa yuzasidan barça zarur çoralar körildi va elektr ta’minoti işonçli tarzda tiklandi.

Özbekiston milliy elektr tarmoqlari AJ