Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 mart kuni Nukus şahridagi «Altin jağis» mahallasida bölib, aholi hayoti bilan yaqindan tanişdi. 

Qayd qilinişiça, bu yerda 4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ötgan yili bu yer «Obod mahalla» dasturiga kiritilib, keng kölamli quriliş va obodonlaştiriş işlari olib borildi. Yöl, elektr energiyasi, içimlik suvi hamda gaz tarmoqlari yangilandi. Mahalla binosi yangidan qurilib, uning atrofida bolalar maydonçalari, tibbiyot punkti, tadbirkorlikka kömaklaşuvçi markaz, savdo şoxobçasi taşkil etildi. 

Davlat rahbari mahalladagi özgarişlarni közdan keçirdi, aholi bilan suhbatlaşdi. 

– Mahallangiz obod bölganini, odamlar yuzidagi rozilikni körib xursandman. Buni hamma joyda davom ettiramiz. Qoraqalpoğiston mahallalarini obod qiliş, suv, yöl, elektr ta’minotini yaxşilaş, maktab, boğça va tibbiyot punktlarini quriş va ta’mirlaş uçun bu yil 1,5 trillion söm berayapmiz. Bundan taşqari, Qoraqalpoğistondagi 452 ta mahallaning har biriga töğridan-töğri 500 million sömdan qöşimça mablağ ajratiladi. Muammoni mahallaning özi kötarsin, öziga pul beraylik, özi nazorat qilsin. Şunda sifat va manfaat böladi. Odamlar rozi böladi, – dedi prezident. 

Xabarga köra, bu mahallada tadbirkorlikni qöllab-quvvatlab, yangi iş örinlari yaratişga e’tibor qaratilmoqda. Mahallaning yeri unumdor emas. Aholi asosan xizmat körsatiş orqali daromad oladi. Mahallada maişiy xizmat şoxobçalari, tikuvçilik korxonalari, novvoyxona, mebelsozlik va texnik xizmat ustaxonalari bor. Kelgusida quyonçilik va baliqçilikni rivojlantiriş rejalaştirilmoqda. 

Mahalla bilan tanişiş uzoq davom etdi. Davlat rahbari şu yerlik Quöanşbay Seytnazarov xonadonida iftorlik qildi.