Bugun, 27 avgust kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida yiğiliş ötkazildi. Yiğiliş yakunlariga köra, prezident devoni tuzilmasida jiddiy özgarişlar röy berişi ma’lum böldi.
«Kun.uz» manbasi ma’lumot berişiça, prezident devoni prezident adminstratsiyasi etib qayta taşkil etiladi va şu vaqtgaça prezident ijroiya apparati rahbari-maslahatçi sifatida faoliyat körsatib kelayotgan Zaynilobiddin Şahobiddinoviç Nizomiddinov administratsiya rahbari böladi.
Endilikda davlat maslahatçisi instituti tugatilgan, davlat maslahatçilari prezident maslahatçilariga aylangan.
Prezidentning yoşlar siyosati masalalari böyiça sobiq davlat maslahatçisi Qahramon Quronboyev hamda Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy taşkilotlarni rivojlantiriş masalalari böyiça sobiq davlat maslahatçisi Xayriddin Sultonov boşqa işga ötkazilgan.
Quronboyev Fan, ta’lim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça sektor rahbari Abdujabbor Abduvohidovga örinbosar bölgan.
Xayriddin Sultonov boşqargan xizmatni ayni paytda Abdujabbor Abduvohidov boşqarib turadi.
Sultonov davlat rahbari spiçrayteri (nutqlarini yozib beruvçi — tahr.) sifatida prezident ma’ruzalarini tayyorlaşda davom etadi va prezident maslahatçisi hisoblanadi.
Boşqa sobiq davlat maslahatçilari Rustam Qosimov, Rustam Inoyatov (B. Mavlonov birinçi örinbosari), Viktor Mahmudov (Xavfsizlik kengaşi kotibi) hamda Tursinxon Xudeybergenov öz lavozimlariga qayta tayinlangan. Prezident devonining sobiq rahbari Zelimxon Haydarovning keyingi faoliyati haqida hozirça ma’lumot yöq.
Şuningdek, Işlar boşqarmasi ham tugatilib, uning örniga yangi boşqarma tuzilgan. Prezident ma’muriyati faoliyatini ma’muriyat rahbari muvofiqlaştirib boradi.








