Özbekistonda xususiy pensiya jamğarmalarining paydo bölişi uçun qonunçilik bazasini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov xabar berdi.

Uning sözlariga köra, 7 oktabr kuni prezident bilan yiğilişda pensiya islohoti masalasi kötarilgan, uning doirasida kelgusi yil oxiriga qadar Özbekistonda xususiy pensiya jamğarmalari paydo bölişi mumkin. 

«Biz Moliya vazirligi bilan yaqindan işlaymiz. Öylaşimça, kelgusi yil oxiriga qadar jiddiy özgarişlar va fundamental qonun loyihalarining dastlabki variantlari paydo böladi», - dedi Nazirov Kun.uz muxbiriga.

Uning ta'kidlaşiça, butun dunyoda pensiya jamğarmalari aholi jamğarmalarini şakllantirişning asosiy omili hisoblanadi.

«Bizda bunday amaliyot hali mavjud emas va prezident jahondagi eng yaxşi tajribani örganiş hamda Özbekistonda pensiya islohotining qanday modelini taklif qilişimiz mumkinligini körib çiqiş böyiça topşiriq berdi», - deya qöşimça qilib ötdi agentlik rahbari.

«Bu boşqa mamlakatlarda qanday amalga oşiriladi? Kişi pensiya hisobvarağiga pullarini qöyganida, ular soliqqa tortilmaydi. Ya'ni, siz soliq bazangizni pasaytirmoqdasiz. Fuqaroda pul tejaş uçun töğridan-töğri rağbat paydo böladi. Bu pullar keyinçalik qimmatli qoğozlarga fond bozori orqali kiritiladi», - dedi Nazirov.

Agentlik boşqarma boşliği Tursun Mahkamovning sözlariga köra, Özbekistonda xususiy pensiya jamğarmalari paydo bölsa, aholi öz jamğarmalarini qayerda saqlaşi va ular orqali pul işlaşi mumkinligini ham tanlaşi mumkin böladi.

«Bu ixtiyoriy böladi va siz kelajakda pullaringiz qay tarzda qaytarilişini bilib turasiz, omonatlaringiz qançalik ösayotganini kuzatişingiz yoki ularni boşqa pensiya jamğarmasiga ötkazişingiz mumkin böladi. Agar hozir davlat sizning keksaligingiz haqida öylayotgan bölsa, keyinçalik omonatlaringizni özingiz boşqariş imkoniga ega bölasiz», - deya ta'kidlab ötdi u.