«Har qanday epidemiyaning boşlaniş, kötariliş, avj oliş, pasayiş, bartaraf etiliş davrlari böladi. Biz hozir kasallikning kötariliş davridamiz. Çunki karantindagi barça 100 ming odamni 14 kun davomida kuzatib bölganimiz yöq. Agar biz karantinga qat'iy rioya etsak, öylaymizki, 2-3 hafta mobaynida kasallikning kamayişiga erişamiz», deya Nurmat Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Boş inspektor sönggi kunlarda virus bilan kasallanganlar soni keskin ösib borayotganiga izoh berdi.

«Kasallanganlar soni karantinga olinganlar hisobiga ortyapti. Avval ham ma'lum qilinganidek, hozirda respublika böyiça 61 715 nafar kişi uyda, 23 316 nafar kişi statsionar şaroitda karantinga olingan. Ular epidemiologik vaziyat notinç bölgan hududlardan olib kelinganlar va bemorlar bilan muloqotda bölgan şaxslar hisoblanadi.

Bemorlar bilan muloqotda bölganlarning barçasi aniqlanmagunça bunday holat davom etadi. Karantin va izolyatsiya çoralaridan maqsad ham şu», dedi Nurmat Otabekov AOKAda ötkazilgan brifingda.

«Virus yuqqanining birinçi ön kunligida belgilar sezilmasligi mumkin. Çunki uning organizmdagi miqdori kam böladi. Virus köpaya boşlagaç, özini bilintira boşlaydi. Bu 12-, 13-kunlarga ham töğri kelişi mumkin. Şu bois, Özbekistonda ham butun dunyoda qöllanayotgan rejimda iş tutilyapti. Ya'ni izolyatsiyada saqlaş va kuzatiş, test qiliş (öz vaqtida taşxis qöyiş), natija musbat çiqqanda davolaş», deya qöşimça qildi u.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 15 mart kuni koronavirusdan zararlanişning ilk holati tasdiqlangandi. Aprel oyi boşida kunlik holatlar soni ösa boşladi, xususan, 5-7 aprel kunlari 200dan ortiq kişida virus aniqlandi.