Muloqot davomida Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev tomonidan prezidentga Toşkent şahrida rejalaştirilayotgan quriliş işlari haqida ma'lumot berildi.
Jumladan, şahar hokimi sözlariga köra, 2020 yil davomida poytaxtda jami 302ta köp qavatli uy, 17262ta xonadon qurilişi rejalaştirilmoqda. Qurilişlarning umumiy maydoni esa 1 201,30 kv.m ni taşkil qiladi.
Şundan söng Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahridagi quriliş işlarida e'tibor qaratilişi kerak bölgan muhim jihatlarga töxtalib ötdi.
«Biz Toşkent şahrini aholi yaşaşiga har tomonlama qulay şaharga aylantiriş uçun turli loyihalar, yangi qurilişlar qilyapmiz.
Albatta, joylarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari davomida ayrim binolarning buzilişi tabiiy hol. Ammo har qanday quriliş ham, buzilişlar ham eng avvalo xalqning roziligi bilan bölişi kerak.
Hokimliklar buziladigan binolarning kompensatsiya tölovini tölab, aholi rozi bölgaçgina yangi qurilişni boşlaşi kerak.
Hozir hammasi oson. Ommaviy axborot vositalari rivojlanib bormoqda. Ular har bir harakatimizni kuzatib, yoritib borişmoqda.
Menga uy-joyni noqonuniy buziş orqali aholini norozi qiliş, şuningdek, noqonuniy buzilişlar tufayli Özbekiston imiji dunyoga notöğri jihatdan körinişi kerak emas», — deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.








