Prezident farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Prezidentning tegişli farmoniga qöşimça kiritildi. Unga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasida doimiy yaşaydigan hamda umumiy örta, örta maxsus va professional ta’lim taşkilotlarini tamomlagan yoşlar uçun 2023-2024 öquv yilida davlat granti asosida qöşimça 3 000 ta örin ajratiladi.

Bunda soha va tarmoqlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bölgan ehtiyoji aniqlanadi.

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yönalişlari kesimidagi takliflar Özbekiston Respublikasi ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasiga 2023 yil 20 iyulgaça taqdim etiladi.