Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, joriy yilning dastlabki olti oyida Özbekistonga öqiş maqsadida jami 21 042 nafar xorij fuqarosi taşrif buyurgan.

Bu körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan 11,5 ming nafarga yoki 2,2 baravarga köp.

Özbekistonga ta’lim oliş uçun kelganlar orasida Turkmaniston fuqarolari yetakçilik qilgan - 9 207 nafar.

Keyingi örinlarda Hindiston - 3 723 nafar, Tojikiston - 1 915 nafar, Xitoy - 951 nafar, Qirğiziston - 834 nafar va Pokiston - 689 nafar bilan qayd etilgan.

Şuningdek, Misrdan 603 nafar, Janubiy Koreyadan 526 nafar, Filippindan 367 nafar va AQŞdan 302 nafar fuqaro Özbekistonga öqiş maqsadida kelgan. Boşqa mamlakatlar hissasiga esa 1 925 nafar xorijlik töğri kelgan.

Ma’lumotlarga köra, Özbekistonga ta’lim oliş maqsadida kelayotgan xorijliklar soni bir yil içida ikki baravardan ziyod oşgan.