DXX xabariga köra, tezkor tadbir xizmatning Toşkent şahar böyiça boşqarmasi, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda Içki işlar vazirligi xodimlari hamkorligida ötkazilgan.
Maʼlum qilinişiça, Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanida 1997-yilda tuğilgan, hozirda Toşkent şahrida yaşovçi şaxs fuqaroning işonçiga kirib, uni tanişlari orqali poytaxtdagi xususiy oliygohning 3-bosqiçiga öqişga kiritişni vaʼda qilgan. Buning uçun fuqaro göyoki Rossiyadagi oliy taʼlim muassasalaridan birida ikki yil öqiganini tasdiqlovçi soxta hujjatlardan foydalaniş rejalaştirilgan.
Uşbu şaxs xizmati evaziga 8 ming dollar talab qilib, 7 500 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Tezkor tadbir davomida Samarqand viloyatining Iştixon tumanida röyxatda turuvçi, Toşkent şahrida vaqtinça yaşovçi, 1993-yilda tuğilgan fuqaro ham birinçi şaxsdan mazkur 7 500 dollarni olayotganida uşlangan.
Tergovga qadar tekşiruvda uşbu holatga Yakkasaroy tumani IIO FMBning inspektor-psixologi ham aloqadorligi aniqlangan. Davom ettirilgan tezkor tadbirda inspektor ham 7 500 dollarni olgan vaqtida uşlangan.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.











